Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

"Barselona" o‘z yulduzini "Bavariya"ga 80 million yevroga sotishi mumkin

"Barselona" o‘z yulduzini "Bavariya"ga 80 million yevroga sotishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona" o‘z futbolchilaridan birini Myunxenning "Bavariya" klubiga sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Gap so‘nggi paytlarda Germaniya grandi bilan faol bog‘lanayotgan Dani Olmo haqida ketmoqda.

The Touchline nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar "Bavariya" tomonidan Olmo uchun taxminan 80 million yevro miqdorida taklif tushsa, uni qabul qilish ehtimolini istisno qilmayapti.

Bunday holatda "Barselona" transferdan tushgan mablag‘ni himoya chizig‘ini kuchaytirish, shuningdek, Olmoning o‘rniga nisbatan arzonroq futbolchi topish uchun sarflashi mumkin.

Kataloniya klubi prezidenti Joan Laportaga "An-Nasr" futbolchisi Joau Feliks ma’qul kelmoqda.

Biroq "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hozircha portugaliyalik futbolchining nomzodini ma’qullamagan.

Eslatib o‘tamiz, Joau Feliks 2023/2024 yilgi mavsumda ijara asosida "Barselona" sharafini himoya qilgan edi.

Kiritildi: 23:13, 09.10.2026.
O'qildi: 2630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик