«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning braziliyalik hujumchisi Rafinya Diasning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi.
«Tibbiy tekshiruvlar Rafinyada muayyan muammo borligini ko‘rsatdi.
Gap jiddiy jarohat haqida ketayotgani yo‘q, ammo biz ehtiyotkorlik bilan ish tutishimiz kerak.
O‘tgan mavsumda ham uning tanasining aynan shu qismida muammo bo‘lgan edi. Shuning uchun har qanday xavfning oldini olishni istaymiz.
Shu sababli u ertangi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, Chempionlar ligasi doirasida «Galatasaroy»ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuboradi», — dedi Flik matbuot anjumanida.
Rafinya joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.
«Barselona» 10 oktyabr kuni Ispaniya La Ligasining sakkizinchi turi doirasida o‘z maydonida «Xetafe»ni qabul qiladi.
Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.













