Turinning «Yuventus» klubi qanot hujumchisi Kenan Yildiz Madridning «Real» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi.
Italiya klubi turkiyalik iste’dodli futbolchining transfer narxini madridliklarga ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, «Yuventus» Yildiz uchun 150 million yevro atrofidagi taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ta’kidlanishicha, «Real» dastlab «Bavariya» futbolchisi Maykl Oliseni sotib olishni rejalashtirgan.
Biroq ushbu transferni amalga oshira olmagan Madrid klubi e’tiborini Kenan Yildizga qaratgan.
Shuningdek, turkiyalik futbolchining o‘yinlarini «Barselona» ham kuzatib bormoqda.













