Bugun, 17 oktyabr kuni Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida «Betis» va «Barselona» o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Ekspertlar fikricha, bo‘lajak bahsda «Barselona» favorit hisoblanadi. Mehmonlarning g‘alaba qozonish ehtimoli 67,1 foizga baholanmoqda. «Betis»ning uch ochkoni qo‘lga kiritish imkoniyati 15,8 foizni, durang qayd etilishi ehtimoli esa 17,1 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, «Betis»ning mag‘lubiyatdan qutulib, Ispaniya chempionati peshqadamidan ochko tortib olish ehtimoli bor-yo‘g‘i 36,4 foizga baholanmoqda.













