Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Mourinyo: «Ha, men uni xohlayman. Uning qancha turishi esa mening ishim emas»

Mourinyo: «Ha, men uni xohlayman. Uning qancha turishi esa mening ishim emas»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo ivuarlik vinger Yan Diomandening «qirollik klubi»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

«Men hech kimni talab qilmadim. Jamoaga kelganimda hech qanday futbolchini so‘ramagan holda tarkibni sinchiklab tahlil qildim va nimalarni o‘zgartirishni xohlashimni tushunib yetdim. Ammo o‘tgan mavsumdagi voqealardan keyin ko‘p narsani bilib olishni va o‘zimni hech narsa bilmaydigandek tutishni istadim.

Ikki qanotda ham harakat qila oladigan, tezkor va agressiv qanot hujumchisini topish oson emas. Uning narxi 120, 80 yoki 20 million yevro ekanligi haqida bahs yuritishni istamayman. Men uning jamoamga nima bera olishini baholayman va: “Ha, men uni xohlayman”, dedim. Uning qancha turishi esa mening ishim emas», — dedi Mourinyo Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi Yan Diomandening Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan Madridning «Real» jamoasiga transferi ispan klubi tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» ivuarlik futbolchi uchun 140 million yevro to‘lagan bo‘lib, shundan 15 million yevrosi bonuslardan iborat.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:44, 21.08.2026.
O'qildi: 5945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик