Madeyrada Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning yashirincha nikohdan o‘tayotgani haqidagi mish-mish minglab muxlislarni Funshal sobori oldiga to‘pladi.
2 mingdan ortiq muxlis sobor atrofida yig‘ilib, Ronaldu va Jorjinaning to‘yiga guvoh bo‘lishga umid qildi.
Shu payt kelin o‘tirgan «Rolls-Royce» avtomobilning paydo bo‘lishi vaziyatni yanada qizitib yubordi. Minglab muxlislar telefonlarini ko‘tarib, to‘y jarayonini tasvirga olishga harakat qildi.
Biroq tez orada ma’lum bo‘ldiki, avtomobildagi kelin Jorjina Rodriges emas, nikohdan o‘tayotgan kuyov esa Krishtianu Ronaldu emas edi.
Shu tariqa, Ronalduning o‘zi to‘yda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, uning nomi Madeyrada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.














