Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

PFL «Bunyodkor» Superliganing qur’a tashlash marosimiga chaqirilmagani haqidagi xabarni rad etdi

PFL «Bunyodkor» Superliganing qur’a tashlash marosimiga chaqirilmagani haqidagi xabarni rad etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar
Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘afurov O‘zbekistonning 5 karra chempioni, o‘tgan mavsumda to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan «Bunyodkor» futbol klubiga yangi mavsum uchun qur’a tashlash marosimiga taklifnoma sifatida xat jo‘natilmagani haqida tarqalgan xabarni rad etdi.

PFL bosh direktori Kun.uz muxbiri savollariga javob berdi.

— «Bunyodkor»ga xat yetkazilmagani haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. «Bunyodkor» yonimizda, ularga qur’a marosimi haqidagi xat qog‘ozda yetkazilgan. To‘g‘ri, uzoq viloyatlardagi jamoalarga xatlar elektron pochta orqali jo‘natilgan. Lekin poytaxtdagi klublarga, jumladan «Bunyodkor»ga ham uning qog‘ozdagi nusxasi yetkazib berilgan.

— Ertaga yangi mavsumga qur’a tashlash marosimi aniq o‘tkaziladimi?

— Ha, o‘tkazilishi aniq.

— Unda «Bunyodkor» ham aniq ishtirok etadimi?

— Biz yangi mavsumda ishtirok etadigan klublarning barcha hujjatlarini O‘FA komissiyasiga topshirganmiz. Ular o‘rganishyapti. Ertaga qur’a tashlash marosimidan avval O‘FA komissiyasining yangi mavsumda ishtirok etadigan klublar borasida yakuniy xulosasi qabul qilinadi. O‘shanda yangi mavsumda qatnashish uchun qo‘yilgan barcha 12 klubning nomi e’lon qilinadi va qur’ada ishtirok etishga qo‘yiladi.

Bundan avvalroq O‘zbekistondagi sport nashrlarida 25 fevral kuni PFL Superligasining yangi mavsumiga qur’a tashlanishi, bu haqda Superliga va Pro Liganing o‘tgan yilgi yakunlari bo‘yicha yangi mavsumda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan 11ta klubga - «Paxtakor», «Nasaf», «Metallurg», «Navbahor», «So‘g‘diyona», «Qo‘qon-1912», «Buxoro», «Lokomotiv», «Andijon», OGMK va «Qizilqum» klublariga ogohlantirish xatlari yuborilgani, lekin «Bunyodkor»ga bunday xat jo‘natilmagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Xabarda yangi mavsumda «Bunyodkor» o‘rniga Pro Liganing o‘tgan mavsumida A guruhida to‘rtinchi o‘rinni egallagan «Surxon» klubi egallashi mumkinligi qo‘shimcha qilingandi.

Manba: PFL.uz
Kiritildi: 20:35, 24.02.2019.
O'qildi: 5133 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.