Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Farg‘onada «Kelajagimiz umidlari» shiori ostida mini futbol festivali o‘tkazilmoqda

Farg‘onada «Kelajagimiz umidlari» shiori ostida mini futbol festivali o‘tkazilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Farg‘onada “Kelajagimiz umidlari” shiori ostida mini futbol festivali o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan mazkur an’anaviy festivalning bu yilgisi Farg‘ona viloyatida o‘zgacha tantana va zo‘r ishtiyoq bilan tashkil etildi. 

Farg‘ona viloyati futbol assosiasiyasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari hamkorligida tasdiqlangan qo‘shma rejaga asosan viloyatda festival yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. “Neftchi” futbol akademiyasi sun’iy qoplamali futbol maydonlarida o‘tkazilayotgan festivalning 3-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi bosqichida 10ta shahar va tumandan tashrif buyurgan 100 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Ularga viloyatning eng nomdor 16 nafar murabbiylari  mashg‘ulotlar o‘tib berdilar. Mashg‘ulotlar o‘tish bilan birgalikda bolalar mini futbol bo‘yicha blis turnirda ham ishtirok etishdi. Festivalning dastlabki kuni yakuni bo‘yicha 100 nafar ishtirokchi bolalarga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan  futbol to‘plari, ekipirovkalar va sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi Futbolni rivojlantirish departamenti mutaxassisi Ma’mur Sultonov, viloyat futbol assosiasiyasi Birinchi vise-prezidenti Rasuljon Yuldashevlar ishtirok etishdi

Festivalning dastlabki bosqichini  tashkil etishda viloyat futbol assosiasiyasi, viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi, viloyat “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, “Neftchi” futbol maktabi xodimlari alohida jonbozlik ko‘rsatdilar.  Sobir Agzamov, Jamoliddin Qosimov, Jasur Mirzaboyev kabi murabbiylar bolalarga mahorat saboqlarini berdilar. Shuningdek murabbiylar tomonidan seleksiya ishlari ham olib borildi. 17 nafar iqtidorli bolalar sport maktablari murabbiylari tomonidan futbol guruhlariga taklif etildilar. Festivalning 10 yoshli bolalar o‘rtasidagi bosqichi ertaga o‘tkaziladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:50, 26.02.2019.
O'qildi: 1762 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.