Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Ichki chempionatda g‘olib bo‘lmagan yulduzlar

Ichki chempionatda g‘olib bo‘lmagan yulduzlar

Baho:
+ | -
Bo'lim:

E’tiboringizga bu safar ichiki chempionatlarda g‘olib bo‘la olmagan yulduzlarni taqdim etamiz. Turli xil shaxsiy sovrinlarga ega chiqqan yulduzlarga ichki chempionatda g‘olib bo‘lish nasib qilmagan.

Marek Gamshek

Slovakiyalik futbolchi «Napoli» safida naqd 12 ta mavsumni o‘tkazgan bo‘lsada, biror marotaba chempionlikni qo‘lga kirita olmadi. U 2 bor chempionlikka yaqin keldi, ammo so‘nggi turlarda uning klubi poygada yengildi.  Afsuski, futbolchi hammasiga qo‘l siltadiyu, pul ortidan kuchsizroq ligaga yo‘l oldi.

Marko Roys

Bu reytingimizdagi eng omadsiz futbolchilardan biri. U «Borussiya» safiga kelib qo‘shilgan paytida Klopp shogirdlari ketma-ket ikki bor chempionlikni nishonlashgan edi. Afsuski, «Borussiya»ga bunday baxt hozircha boshqa nasib etmadi.

Obomeyang


Gabonlik futbolchi avvaliga o‘z baxtini «Milan»da sinab ko‘radi. Klub unga ishonqirab qaramaydi va Fransiya klublariga ijaraga berib yuboradi. «Ferrari» laqabli futbolchi esa o‘z o‘yinlari bilan «Borussiya»ni o‘ziga qaratadi va tez orada «Sariq-qoralar» safiga o‘tib ketadi. Afsuski, u Bundesligada o‘tkazgan  mavsumlarida «Bavariya» hech kimga imkon qoldirmadi. Aubomiyang o‘ta iqtidorli bo‘lsada, hozirgacha deyarli hech qanday yutuqlarga erisha olmadi. Uning «Arsenal» klubiga o‘tishi ham vaziyatni yumshata olmadi. APL dagi daxshatli raqobatda Londonliklar bu mavsum chempionlik poygasidan chiqib ketishdi. Uning bor umidi endi kelasi mavsumlarga qaratilsa, ajab emas.

Daniyel De Rossi

«Roma» klubi sardori va ramzi sanaladigan qahramonimiz deyarli 20 yillik faoliyati davomida biror marotaba «Skudetto»ga ega chiqmadi. Bunga ishonish qiyin, ammo u ichki chempionat bahslarida naqd 8 bor ikkinchi o‘rin bilan chegaralangan. Hozirda Italiyada «Yuventus»ning mutloq hokim ekanligini hisobga olsak, De Rossiga chempionlik nasib etmasa ham kerak

Xuan Mata

Qahramonimiz o‘z kariyerasi davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lishiga qaramasdan biror marotaba ichki chempionatlarda g‘olib bo‘la olmagan. U «Valensiya», «Chelsi», «Manchester Yunayted» singari grandlar safida to‘p surgan bo‘lsada, La Liga va APL da g‘olib chiqish unga nasib etmadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:01, 03.03.2019.
O'qildi: 5221 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.