Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Bahoriy konsert, taqdirlash, Yelena Isinbayevaning tashrifi va «Nafosat-2019» ayollar spartakiadasining boshqa voqeliklari

Bahoriy konsert, taqdirlash, Yelena Isinbayevaning tashrifi va «Nafosat-2019» ayollar spartakiadasining boshqa voqeliklari

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bahor fasilining kirib kelishi yurtimizda hamisha o‘zgacha xursandchilikda nishonaladi. Tanamizni bahor o‘zi bilan olib keladigan kuch va energiyaga to‘ldiramiz, tabiat bilan “uyg‘onamiz”.

Milliy olimpiya qo‘mitasi bu yil bahor kirib kelishiga o‘zgacha yondoshdi. Xalqaro xotin-qizlar bayrami ayollarimiz uchun asosiy shodiyonadir. Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab tarixda ilk bor “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasi o‘tkazildi. Mazkur yirik dastur o‘zida voleybol, basketbol, gandbol, stol tennisi, velosport va badminton kabi sport turlarini qamrab oldi. 1-2 mart kunlari poytaxtimizda musobaqaning final bosqichi o‘tkazilgan bo‘lsa, bugun “O‘zbekiston” sport majmuasida g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tashkilotchilar va mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda ko‘plab sohalar qatori ayollar sportini rivojlantirishga ulkan e’tibor qaratilayotganiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir davomida umumjamoa hisobida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi:
1-o‘rin: Toshkent shahri (6 ta oltin va 1 ta kumush medal);
2-o‘rin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medali);
3-o‘rin: Qashqadaryo viloyati (1 ta oltin).

 

Barcha sovrindorlarni jahon sportining afsonasi hisoblanmish Yelena Isinbayeva taqdirladi. Olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibi o‘ziga berilgan so‘z navbatida O‘zbekistonda sportni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohatlarni to‘lqinlanib ta’kidladi va bu qilinayotgan sa’yi-harakatlar kelajakda, albatta, o‘z samarasini berishini aytib o‘tdi.

 

Sahnalashtiruvchi rejissyor tomonidan ishlab chiqilgan badiiy dastur ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi va mehmonlar tadbirdan bir olam quvonch bilan qaytishdi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi bundan keyin ham sport targ‘iboti yo‘lida ana shunday tadbirlarni faol o‘tkazishda davom etadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 23:50, 03.03.2019.
O'qildi: 2328 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.