Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Halollikni qoidalar boshqaradigan zamon

Halollikni qoidalar boshqaradigan zamon

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Navbatdagi mulohazalarimizni savol bilan boshlamoqchimiz: «Nima uchun futbol qoidalari o‘zgarishga ehtiyoj sezmoqda?» Zamon shiddat bilan olg‘a borayotgani, taraqqiyot tulpori haddan ziyod tez chopayotgani bor gap.

Shunga yarasha, qoidalar ham yangilanishini tushunsa bo‘ladi. Lekin o‘zgargan bir qoidaning taraqqiyot tezligiga hech qanday aloqasi yo‘q, nazarimizda. Gap shundaki, keyingi paytlarda g‘alaba qozonayotgan jamoaning zaxiraga olingan futbolchisi imkon qadar maydondan sekinroq, vaqtni «o‘ldirib» chiqib ketish yo‘lini izlamoqda.

Sportdagi halollik tamoyiliga mutlaqo zid bu harakatdan aksariyat futbolchilar aslo uyalishmayapti. Aksincha, butun maydon bo‘ylab sollana-sollana qadam bosib, zaxiraga yo‘l olish odati manfaatdor jamoa muxlislari tomonidan olqishlanmoqda...

Demak, futboldagi halollikni endi qalb va tafakkur, insof va diyonat emas, balki mustahkam va qat’iy qoidalar nazorat qiladigan zamon boshlandi. Bundan keyin futbol tomoshasi ham oson kechmaydi, chog‘i.

Zero, avvallari o‘yin jarayonini tartibga solgan qoidalar mohiyatan tabiatini o‘zgartirmoqda. Halollik oti jilovini ongu tafakkur o‘rniga qoidalar tutsa, buni hazm qilish yoki taraqqiyotga mengzash anchayin erish tuyuladi.

Yaqin-yaqinda ham jarima maydonida tasodifan yiqilgani uchun penalti belgilagan hakamning qarorini o‘zgartirgan Mixael Ballak muxlislar suyuklisi hisoblanardi. Endi-chi? G‘alabani saqlab qolish yo‘lida biror hiyla ishlatolmagan futbolchi sha’niga hushtak va ta’na-dashnomlar yog‘iladi.

«Jonli devor»dagi kurash jarayonini tartibga soluvchi yangi qoidani balki taraqqiyot ehtiyoji sifatida qabul qilish mumkindir. Ammo zahiraga olingan futbolchining insofsizligi sabab qoidaning yangilanishi nihoyatda achinarli hol. Nailoj?! Futbol stixiyasi shu yo‘lni tanlamoqda va ma’qul ko‘rmoqda.

«MYU»ning «Sautgempton» ustidan g‘alaba qozonishiga munosib hissa qo‘shgan Romelu Lukaku golni futbolkasini yechish asnosida nishonlashi shartmidi? Yo‘q, albatta. Hech kim uni bu ishga majburlamadi.

Hujumchining o‘zi shuni xohladi. Shu yo‘l bilan muxlislarga yoqish va ularning ko‘nglini ovlashni o‘yladi. Ayonki, sariq kartochka bilan jazolanishi muqarrarligini xayoliga ham keltirmadi. Aniqrog‘i, Lukaku bu qoidani mensimadi. Shu ma’noda aytsak, g‘alaba qadri oltinga teng pallada balki yangi qoida ham futbolchilarni cho‘chitolmas. Ana, Yegor Krimes ham Osiyo kubogi-2019da sariq kartochka va moliyaviy jazoni o‘ylamay, raqib hujumini ongli ravishda qoidaga xilof tarzda to‘xtatib qoldi-ku?! U muxlislar va mutasaddilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishonib, shunday yo‘l tutdi va o‘z harakatini vatanparvarlik, deb bildi.

Voqealar shu tariqa rivojlanaversa, kelajakda qat’iy qoidalar ham futbol, shu jumladan, halollikni boshqarolmay qolsa, ne ajab. U holda nohaq hakam va futbolchilarni INSOFning o‘zi jazolaydi. Agar insof qilganda, Pol Pogba «Sautgempton» darvozasiga belgilangan penaltini tepish imkoniyatini Lukakuga berardi va ehtimolki, Romelu «xet-trik» qayd etib, shukuhga to‘lardi. Pol esa buni lozim topmadi va insofning bo‘ysunmas qudrati uni jazoladi. Butun futbol dunyosi mazkur xijolatli holni ko‘rdi va Pogbaga achindi. Biroq uning o‘zi bundan xulosa chiqardimi? Javobsiz savol bu.

Qandaydir santimetrlar durang­ga loyiq «Fulxem»ning «Chelsi» darvozasiga urgan golini «ofsayd»ga aylantirgani kabi bizni ham uyum-uyum muammo-mulohazalar savolga javob izlashdan mahrum aylayveradi. Nima ham derdik, goho shavqatsiz savollar stixiyasi qarshisida bosh egamiz.

Aks holda, «El-klasiko» oloviga ataylab quyilayotgan moy idishlarini sindirib tashlardik. Ayniqsa, san’atkorona chizilgan, lekin mohiyatan tahqirlashni ko‘zlagan karikaturalar dunyosiga hech ikkilanmay o‘t qo‘yardik. Tahqir va masxara ifodasi bo‘lmish san’atning manzili oxir-oqibat yovuzlikdir.

Yovuzlikni yoqtirish vasvasasi esa futbolni halokatga yetaklaydi. Ehtimol, «Real»dagi depsinishlarning bosh aybdori Serxio Ramosdir. Ehtimol, uning harakatlari INSOFning fusunkor tabiatiga yoqmayotgandir... Har holda, buyuk himoyachi iste’dodi va tabiati o‘rtasidagi ziddiyat «Real»ni tobora mushkul ahvolga solmoqda.

Yangilanishga muhtoj «Real» taqdirini o‘ylagan muxlis yangilanishga ulgurgan «Paxtakor» kelajagiga katta umidlar bog‘lamoqda. G‘ulomjon Hamidov «sherlar»ning sobit va jonkuyar muxlislaridan biri. 50 yillik qadrdonining OCHL guruh bosqichidagi yurishidan oldin u kishi bizga ishonchga yo‘g‘rilgan she’r yo‘lladi. Fikrimizcha, barcha muxlislarning ezgu tilaklari shu she’rda o‘z ifodasini topgan:

Bu yil boshQachadir

futbol bahori

Muxlislar quvonchi cheksizdir bugun,

OCHL ham qizir YECHL kabi.

Qarangki, bahordek ochilib gulgun,

«Futbol» deb pichirlar qizlarning labi.

 

Grandlar borishar guruhda qator,

Har birin orzusi bo‘lmoqlik g‘olib.

Ularning safida «Loko», «Paxtakor»,

Qo‘porilsin endi mung‘aygan qolip.

 

Qishning sovug‘ida kuch berib bizga,

Dubayda dovruqlar solishdi «sherlar».

Nihoyat, hammasi tushmoqda izga,

Uning otin axir «Paxtakor» derlar.

Olg‘a, Jaloliddin, bo‘sh kelma, Jasur,

Hujumga hamdamsan sheryurak Doston.

Tog‘day tayanch Odil, Messi - Javohir,

«Sherlar» na’rasidan titraydi osmon.

 

Xalqimiz qonida «Paxtakor» nomi,

Sharaf-la oqmog‘i - ulug‘ an’ana.

Bukilmas Birodar, Gennadiy shoni,

Yangi avlod ichra qilsin tantana.

 

To‘g‘ri, «Ozodi»da bo‘lmaydi oson,

«Persepolis» kuchli, ashaddiy raqib.

Ko‘ramiz, bir kuni bosh bo‘lsa omon,

Eroniy «yong‘oq»ni qo‘yamiz chaqib.

 

Hozircha ertadan umidlar katta,

OCHLda «tandem» «Loko» - «Paxtakor».

Finalda uchrashib qolsin, albatta,

Bundayin orzular yana qayda bor?

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:22, 06.03.2019.
O'qildi: 4353 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.