Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Qashqadaryoda sportchi xotin-qizlar taqdirlandi

Qashqadaryoda sportchi xotin-qizlar taqdirlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi tashabbusi Chiroqchi tumanida “Jismoniy va ruhiy barkamollik sari!” shiori ostida sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat hokimligining telegram kanali orqali ma’lum qilindi.

Tadbir ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va zararli odatlardan asrash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirishga qaratilgan. 

Sog‘lomlashtirish aksiyasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilingan. Ishtirokchi xotin-qizlar 7 yoshdan 45 yoshgacha hamda undan yuqori yosh toifalariga bo‘linib, marafon yugurish, kurash, voleybol, stol tennisi, arqon tortish kabi musobaqalarda bellashishgan. Shuningdek shaxmat-shashka o‘yinlari ham tashkil qilindi. 

 Tadbir so‘ngida sog‘lomlashtirish aksiyasida yuqori o‘rinni egallagan va faol ishtirok etgan barcha xotin-qizlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 

Manba: UZ24
Kiritildi: 20:56, 24.03.2019.
O'qildi: 1475 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.