Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Baxtiyor Ashurmatov: Raqib bugun haqli ravishda g‘alaba qozondi

Baxtiyor Ashurmatov: Raqib bugun haqli ravishda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Metallurg” – “Buxoro” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirdi: 

- Jamoamiz bugun yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Biroq o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yuborgach, o‘z o‘yinimizni topib olishda qiynaldik. “Metallurg” safida mahoratli futbolchilar ko‘p ekanligi bugungi o‘yinni aynan bekobodliklar foydasiga hal bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

“Metallurg” klubi haqli tarzda g‘alabaga ega chiqqanini ayta olaman. Bugungi bahs bizga hali ayrim jihatlar ustida ko‘p ishlashimiz lozim ekanini ko‘rsatib berdi. Zero AGMKga qarshi o‘yindan so‘ng yigitlarda ancha ishonch paydo bo‘lgan edi.

Lekin bugun bir qator jihatlar ustida hali ishlashimiz lozim ekanini bilib oldik. Yana shuni ayta olamanki, bugun bizni bevosita stadiondan qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator buxorolik ishqibozlar tashrif buyurishgan edi. Yigitlarimiz aynan shu muxlislar uchun ham yaxshi o‘yin namoyish etib berishi lozim edi. Lekin endi kelgusi o‘yinlarda muxlislarimizni xushnud etish uchun urinamiz, - dedi murabbiy.  

Manba: PFL
Kiritildi: 23:20, 29.03.2019.
O'qildi: 1914 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.