Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Jasur Jaloliddinov taqdirlandi

Jasur Jaloliddinov taqdirlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Bunyodkor» akademiyasi yosh iqtidorlarga boy. Oddiy misol, ushbu mavsum jamoamizning asosiy tarkibini akademiya tarbiyalanuvchilari tashkil qilmoqda.

Xususan, Superliganing 3-turida «Navbahor» darvozasiga birinchi golni urgan Jasurbek Jaloliddinov nafaqat jamoaning, balki Superliganing ham eng yosh o‘yinchilaridan biridir.

2002 yilning 15 may sanasida tavallud topgan futbolchimiz Farg‘onadagi bahsda Superligadagi ilk golini kiritdi. Bu yoshda «Bunyodkor»dek jamoaning asosiy tarkibidan joy olish va gol urish har qanday futbolchiga ham nasib qilavermaydi. Jasurbekdek o‘yinchilarning Superligada o‘ynashi akademiyaning faoliyati to‘g‘ri yo‘ldaligi, murabbiylar shtabining esa, yosh iqtidorlarni o‘z vaqtida ko‘ra olayotganidan darak beradi.

«Bunyodkor» bugun tushdan so‘ng «Navbahor»ga qarshi o‘yindan keyingi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulotdan avval «Bunyodkor» muxlislar klubi yetakchilari Jasurbek Jaloliddinov Superligadagi birinchi goli bilan o‘ziga xos tarzda taqdirladi. Kutilmagan e’tirofdan xursand bo‘lgan Jasurbek muxlislar, murabbiylar va jamoadoshlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, bundan keyin ham o‘z ustida tinmay ishlashda davom etishini, yanada yaxshiroq harakat qilib, «Bunyodkor»ning muvaffaqiyatiga o‘z hissasini qo‘shishini ta’kidladi.

Manba: www.fcbunyodkor.com
Kiritildi: 18:58, 08.04.2019.
O'qildi: 2086 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик