Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘yin oldidan murabbiy va futbolchilarning fikrlari

O‘yin oldidan murabbiy va futbolchilarning fikrlari

Baho:
+ | -1

Bugun tunda «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga qiziqish katta. Shu sabab jamoalar murabbiylari va futbolchilarning uchrashuv haqidagi o‘yin oldi fikr va mulohazalari bilan qiziqdik.

Pol Pogba

Bunday jamoalarga qarshi o‘ynash har doim yoqimli. Maydonda super yulduzlarga qarshi to‘qnash kelganimda futboldan lazzat olaman. 2015-yilda «Barselona» jamoasiga qarshi «Chempionlar Ligasi»ning finalida to‘qnash kelganman. Afsuski, biz imkoniyatni boy bergan edik. Sababi, o‘shanda bizga qarshi dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblangan Messi ajoyib o‘yin ko‘rsatgan yedi. Darhaqiqat, u sayyoramizning eng zo‘r o‘yinchisi.

Sulsher

Biz har doim eng katta klublar bilan o‘ynashni yoqtiramiz. «Barselona»ga bundan avval ham bir necha bor to‘qnash kelganmiz. Muxlislarimiz aynan shunday jamoalarga qarshi uchrashuvlarni ko‘rishni istashadi. O‘yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz.
Men 99% murabbiylardan farqli o‘laroq javob bahsi mehmonda bo‘lishidan xursand bo‘lyapman. Bu bizga qo‘shimcha kuch beradi deb o‘ylayman. Agar biz o‘z uyimizda qoniqarli natija qayd eta olsak, istalagan jamoaga mehmonda muammolar yaratishga kuchimiz yetadi. Biz bu ishni Parijda uddasidan chiqqan edik

Filippe Koutinyo

Men va Suarezga «Old Trafford»da hushtak chalishsa, sira hayron qolmayman. Sababi, biz «Liverpul» safida ularni ko‘p bor hafa qilganmiz (Kuladi). Ularning bizga salbiy munosabati bizga ta’sir o‘tkazmaydi. Aksincha qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. «Liverpul»  o‘ynab yurgan chog‘larimda bu jamoaga qarshi bahs doim o‘zgacha bo‘lishiga ko‘nikib qolganman. Shunga qaramasdan, «Barselona» «Manchester Yunayted»ni turnirdan chiqarib yuborishga ishonchim komil.

Valverde

«Manchester Yunayted»ga qarshi bahs avvalgilari kabi juda og‘ir o‘tsa, ajab emas. Bu jamoa huddi biz kabi shonli tarixga ega klub. Ikkala uchrashuv ham qiziqarli va yorqin o‘tishiga ishonchim komil. Keyingi bosqichga chiqish Imkoniyati ikkala jamoada ham mavjud. Ular kadrlar borasida jiddiy muammoga uchragan bo‘lsada, Parijda g‘alaba qozonishdi. Men javob uchrashuvi «Kamp Nou» da bo‘lishi bizga qo‘shimcha imkoniyat beradi deb hisoblamayman.


Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev tarjima qildi.

Manba: Жизнь Футбол
Kiritildi: 17:01, 10.04.2019.
O'qildi: 4549 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик