Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Qizlar nima deydi?» Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi oldidan o‘zgacha tadbir o‘tkazildi

«Qizlar nima deydi?» Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi oldidan o‘zgacha tadbir o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bilasiz, ertaga 12 aprel kuni poytaxtimizdagi “Jar” stadionida ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakat chempioni “Bunyodkor-W” hamda O‘zbekiston Kubogi sohibalari “Sevinch” jamoasi futbolchi qizlari o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa ustozlari va futbolchi qizlari ishtirokida o‘yinoldi tadbir bo‘lib o‘tdi. Poytaxtimizdagi “Eski shahar” savdo markazida tashkillashtirilgan mazkur tadbirda keng futbol jamoatchiligi vakillari, OAV vakillari, muxlislar ishtirok etishdi.

Dastavval har ikki jamoa futbolchi qizlari savdo majmuasiga tashrif buyurib, tadbir boshida Superkubok oldida fotosuratga tushishdi. So‘ngra o‘yinoldi tadbir o‘tkazildi. Uni o‘zbek futboli faxriysi, milliy sport jurnalistikamiz darg‘asi Axbor Imomxo‘jayev ochib berdi.

Keyin esa har ikki jamoa futbolchi qizlari o‘zlarining o‘yinoldi taassurotlari bilan bo‘lishishdi. Qizlarning aksariyati ertangi bahs juda qiziqarli va shiddatli tarzda kechishiga shubha qilishmayotganini, mamlakat Superkubogiga ega chiqishni juda ham istashlarini ta’kidlashdi. “Bunyodkor-W” jamoasi ustozi ham, “Sevinch” klubi bosh murabbiyi ham Superkubok uchrashuvi o‘zgacha ahamiyatga egaligini ta’kidlab, ertangi o‘yinga shogirdlarini yaxshi tayyorlashga urinishganini qayd etib o‘tishdi.

O‘zaro suhbat tarzida o‘tgan tadbir davomida qator OAV vakillari ham ishtirok etishdi. Lekin o‘zaro savol javoblarda futbolchi qizlarga jurnalistlar ham, futbol muxlislari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Qizlar esa maroq bilan berilgan savollarga javob qaytarishdi.

Tadbir so‘nggida esa futbol ishqibozlari ham Superkubok oldida fotosuratga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Eng muhimi – barcha yig‘ilganlar Professional futbol ligasi tomonidan ayollar futboliga ham yuqori e’tibor qaratilib, bunday tadbirlar tashkil etilayotganidan mamnunligini izhor etishdi.

Ta’kidlab o‘tamiz, Turkiyaning KOC Elektrik  kompaniyasi bosh homiyligida o‘tadigan Superkubok bahsi esa 12 aprel kuni soat 16:00da “Jar” stadionida boshlanadi.   

Ertangi o‘yinda ham barchani kutib qolamiz!

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:17, 11.04.2019.
O'qildi: 2804 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.