Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Aziz To‘xtaboyev: «Omad bizdan yuz o‘girdi»

Aziz To‘xtaboyev: «Omad bizdan yuz o‘girdi»

Baho:
+ | -

Superliga 4-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Aziz To‘xtaboyev qatnashdi.

“Birinchi taymda o‘yinimiz biroz qovushmadi. Yigitlarda o‘zlariga bo‘lgan ishonch yetishmadi. Ikkinchi taymda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Biroq vaziyatlardan foydalanishda omad bizdan yuz o‘girdi. Xudo xohlasa, keyingi bahslarda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. 

Mag‘lubiyatda birinchi navbatda murabbiylar aybdor bo‘ladi. Agar yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi. 

Uchrashuv davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilib, keyingi o‘yinga boshqacha tayyorgarlik ko‘ramiz. Muxlislarimizga sabr tilaymiz. Bu vaziyatdan tezroq chiqib ketishga harakat qilamiz. Barcha ishqibozlarimizga katta rahmat. Har doim bizni yaxshi qo‘llab turishibdi.

Mag‘lubiyatda himoyachilar yoki darvozabonni ayblamagan bo‘lardim. Maydonda 11 kishi o‘ynaydi. Futbol jamoaviy o‘yin. Natijada barcha birdek aybdor”, - deydi Aziz To‘xtaboyev.

Manba: PFL
Kiritildi: 19:55, 14.04.2019.
O'qildi: 2360 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик