Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Xayrulla Hamidov: «Superliga 5-tur natijalaridan ba’zi xulosalarim»

Xayrulla Hamidov: «Superliga 5-tur natijalaridan ba’zi xulosalarim»

Baho:
+1 | -

— Bu turdagi eng chiroyli g‘alaba shubhasiz "Bunyodkor"niki bo‘ldi. Sobiq murabbiyi va jamoani tark etgan yetakchilariga qarshi yosh jamoa qanday chiroyli o‘ynadiya... Yagona golni o‘tgan mavsum Olmaliqda o‘tkazgan Lutfullo To‘rayev yo‘lladi. Akbar To‘rayevga. Qosimov uslubida. Hatto AGMK bosh murabbiyi ham undan kutmagan edi.

— "So‘g‘diyona" "Paxtakor" va "Navbahor" bilan bo‘ladigan o‘yinlar oldidan juda muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi. Jadvaldagi o‘rni va ayniqsa mag‘lubiyatlar iskanjasiga tushib qolgan ruhiyatini ko‘tarib olgan jamoa peshqadamga uyida yetarlicha qarshilik ko‘rsatishi uchun ham shu g‘alaba kerak edi. Toshkent superklubi kelaversin, kutib oladi Jizzax!

— "Navbahor" uchun bu g‘alaba ruhiyatdan ko‘ra turnir jadvali uchun muhimroq edi, ruhiyatini joyiga tushirib oldi klub. Endi namanganliklar uy o‘yinlarini Namanganda o‘tkazishadi, raqiblarga oson bo‘lmaydi. Ammo mehmondagi o‘yin psixologiyasini negadir yangi murabbiy ham tubdan o‘zgartira olmagandek tuyulyapti (Qarshidagi g‘alaba jar yoqasiga kelib qolgan jamoaning o‘zidan baland sakrashi edi faqat). Samarqandda ko‘ramiz, xullas.

— Ba’zi jiddiy yutqaziqlar foydaga bo‘ladi. Misol uchun "Surxon". Janub klubi yana to‘rt-besh o‘yinda raqiblarini qiynasa kerak, deb o‘ylayapman. Chunki asosiy e’tiborni haddan tashqari qarshi hujumga qurayotgan edi. Endi o‘zi hujumkor futbol ko‘rsatishga o‘tadi. Tarkibidagi yigitlar ko‘proq shu uslubga mosdek, nazarimda.

— "Lokomotiv" o‘tgan yilgi ishini qilyapti: Xotirjam raqiblarini yengishni boshladi va "Paxtakor"ga borini tashlayotgan klublarga umidini oshirgan. Biroq, birinchi turdagi mag‘lubiyatini to‘g‘rilash uchun raqibidan ko‘ra o‘zi qoqilmasligi kerak. Ko‘z tegmasin, "Loko" bu masalada o‘ziga kelib oldi. Har holda, bitta peshqadam bilan oldimizda turgan saratonda zerikib qolardik.

— "Andijon" dastlabki g‘alabani qo‘lga kiritdi. Avtomashina, mukofotlar va yana "Nasaf"ning yosh tarkibi ruhiyatidan foydalanib... Endi jamoa hokim har o‘yinga kelavermasligini, har o‘yin stadionning ochilish o‘yini bo‘lmasligini his etishi kerak. Superligada jon saqlash qiyin, ochig‘i.

— "Qo‘qon 1912" Murodning gollari bilan futbol o‘ynamoqda. Bu safar Navoiyda so‘nggi soniyalarda antiqa zarba... O‘yinini esa kuchaytirishi kerak jamoa. Oldinda yaralangan "Metallurg" uyiga safar va uch karra chempionni kutib olish. Ronalduki "Yuve"ni doim qutqara olmayapti, Holmuhammedovning zarbasiga suyanib yashab bo‘lmaydi. Lekin baribir tabrik.

Yutqazgan jamoalar ichida ahvoli yaxshirog‘i "Surxon" va "Metallurg". Ammo jar yoqasida turgan AGMK navbatdagi turdan o‘ziga kelib olishi kerak. Kim bilan o‘ynardi, haya, turnir jadvalida yonma-yon turgan, o‘yin uslubi va tarkibi hozirgi "Bunyodkor"ga o‘xshash "Nasaf" ekan-ku, mana shu bahs turning markaziy o‘yini men uchun.

"Sport" telekanalidan uzoqlashmang, azizlar!

Xayrulla HAMIDOV

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:41, 22.04.2019.
O'qildi: 6340 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.