Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlari: Yigitlarimiz qit’ada tengsiz

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlari: Yigitlarimiz qit’ada tengsiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 19-26 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada qit’amizning 34 mamlakatidan 300 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustasi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada 192 nafar, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa 112 nafar sportchi ishtirok etdi.

Bahslarda yurtimiz sharafini 19 nafar sportchi (shulardan 10 nafari erkaklar, 9 nafari ayollar) himoya qildi.

Bangkok mezbonlik qilgan qit’a birinchiligi vakillarimiz uchun omadli keldi. Terma jamoamiz a’zolari bahslarda 4 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Osiyo chempionatida Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg), Bobousmon Baturov (-69 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) oltin medalga ega chiqishdi. Sanjar Tursunov (-91 kg) esa kumush medal sohibiga aylandi. Shukurjon Rahimov (-60 kg), ayollar o‘rtasida esa Yodgora Mirzayeva (-57 kg), Maftuna Meliyeva (-64 kg) va Shaxnoza Yunusova (-69 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar yakuniga ko‘ra, yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Musobaqada o‘zbekistonlik bokschilardan tashqari Qozog‘iston 2 ta, shuningdek Hindiston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston hamda Janubiy Koreya vakillari bittadan oltin medalni qo‘lga kiritdilar.

Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi bahslarni qo‘shib hisoblaganda 6 ta oltin medal qo‘lga kiritgan Xitoy vakillari umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Qayd etish lozimki, ushbu 6 ta medalning barchasi ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Umumjamoa hisobida kuchli uchlikka 2 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza qo‘lga kiritgan Hindiston vakillari yakun yasashdi.

Ma’lumot uchun, musobaqada qatnashgan 34 mamlakatdan 16 tasi Osiyo chempionatida medallar jamg‘ara oldi. 18 mamlakat bokschilari esa o‘z yurtlariga medalsiz qaytib ketishdi.

Kiritildi: 23:53, 28.04.2019.
O'qildi: 5296 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.