Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Toshkentda xususiy maktablar jamoalari o‘rtasida futbol turniri tashkil etildi

Toshkentda xususiy maktablar jamoalari o‘rtasida futbol turniri tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

27 aprel kuni Toshkent shahridagi “Obod” stadionida futbol bo‘yicha poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy maktablar o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

“Junior” xalqaro futbol maktabi tomonidan tashkil etilgan “Junior xususiy maktablar ligasi”turnirida poytaxtimizdagi 10 ta xususiy maktab o‘quvchilaridan tarkib topgan 50 ta jamoa maydonga tushdi.

 

O‘yinlar yosh toifalari (1-7 sinflar)ga bo‘lingan holda o‘tkazildi.

O‘yinlarni tomosha qilish uchun kelgan o‘quvchilarning oila a’zolari va yaqinlari yosh iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlab turishgani bolalarga qo‘shimcha kuch-quvvat bag‘ishladi.

 

Qizg‘in bahslarga boy kechgan turnir yakunida quyidagi jamoalar o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi:

 

1-sinflar o‘rtasida - “Sehriyo”

2-sinflar o‘rtasida - “Genesis Education”

3-sinflar o‘rtasida - “The British school of Tashkent”

4-sinflar o‘rtasida - “The British school of Tashkent”

5-sinflar o‘rtasida - “Erudite Education school”

6-sinflar o‘rtasida - “Lidersad-shkola”

7-sinflar o‘rtasida - “Lidersad-shkola”

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar kubok, medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.Musobaqaning ochilish va yopilish marosimida namoyish etilgan yorqin musiqiy-shou dasturi ham barchada iliq tassurot qoldirib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 11:19, 30.04.2019.
O'qildi: 2150 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.