Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Uli Xyoness: «O‘zimga qolsa, Mbappeni bajonidil sotib olardim»

Uli Xyoness: «O‘zimga qolsa, Mbappeni bajonidil sotib olardim»

Baho:
+ | -

40 yil avval Uli Xyoness futbolchilik faoliyatini yakunlab, «Bavariya» menejeriga aylangandi. 2016 yili u ikkinchi marta klub prezidentligiga saylandi. Mashqur mutasaddi Deutsche Presse-Agentur nashriga bergan intervyusida faoliyati, «Bavariya» kelajagi va raqbariyati qaqida gapirdi.

- Janob Xyoness, 1979 yilning 1 mayidan qanday xotiralar qolgan? Ilk ish kuningiz qanday o‘tgandi? «Bavariya» menejeri sifatida ish boshlaganingizda eng avvalo nimaga to‘qnash kelgandingiz?

- O‘sha payt motivasiyaga boy edim. Menga Robert Shvanning eski xonasi tekkandi. U yerda stol, javon va uning ustidagi telefondan boshqa qech narsa yo‘q edi. Kotiba qam bo‘lmagan. Ikki soat telefon orqali suqbatlashib, keyin uyga ketgandim.

- Yon daftarchangiz ajoyib g‘oyalarga to‘lamidi?

- Yo‘q, bunday emasdi. Ammo keyinchalik vaziyat o‘zgardi. Quvayt bilan yaxshi aloqaga ega tanishim bor edi. U yerga bordim. O‘sha kezlari Germaniyada o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari bor-yo‘g‘i 10-20 ming marka keltirardi. Men bunday bo‘lmasligi kerakligini angladim. «Bavariya» buncha mablag‘ uchun vaqtni bequda sarflamasligi lozim, deb o‘yladim. O‘shanda bizdagi pul aylanmasi yiliga 12 mln. markani tashkil etardi. 20 nafar xodim ishlardi, qozir ularning soni mingga yaqin.

- Menejerlikka tayinlanganingizda 27 yoshda edingiz, futbolchilik faoliyatingiz erta yakunlangandi. Ish ko‘lamining kengligi shubqalanishingizga sabab bo‘lmaganmi?

- 1975 yili Parijda «Lids»ga qarshi Yevropa Chempionlar kubogi finalida maydonga tushganimizda, tizzamdan jiddiy jaroqat olgandim. O‘shanda 23 yoshda edim. U paytlari ayni turdagi jaroqatlar oddiy qisoblanmasdi. Bugun lat yegan joyni kesishadi va futbolchi 14 kunda sog‘ayadi. O‘sha kezlari o‘ylash uchun yetarlicha vaqtga ega edim. Qar qanaqasiga klub menejeri bo‘lishni xoqladim, murabbiylik faoliyati qaqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emasdi.

- Siz shuningdek, televideniyeni katta daromad manbai sifatida bilgansiz. O‘shandayoq pullik TV qaqida o‘ylaganmisiz?

- Qa, lekin bu fikrni aytganimda mazax qilganlar qam uchragandi. «Shtutgart» prezidenti Gerxard Mayer-Forfelder bilan birgalikda maxsus guruhga asos soldik. Uni «Aktion 50 Millionen» deb nomladik. Televizion ququqlarni sotish orqali xuddi shuncha pul olmoqchi edik. U paytlari umumiy qisobda 20 mln. marka ishlardik va buning uchun tanbeq eshitardik.

- Nima sababdan Germaniyada qech bir klub muntazam ravishda «Bavariya»ga munosib raqobat tug‘dira olmaydi? Qattoki, «Borussiya Dortmund» qam buni vaqtinchalik uddalay oldi, xolos.

- Ammo dortmundliklar qozir jiddiy raqibga aylanishgan. Bunda klub raqbarlari - Xans-Yoaxim Vatske qamda Raynxard Rauballning qissasi katta, ularning sa’y-qarakatlari bilan «Borussiya D» barqarorlikka erishdi. 40 yildan buyon «Bavariya»daman. Ke-yinchalik Frans Bekkenbauer va Karl-Xayns Rummenigge kelishdi. Biz imkon qadar murabbiylar va menejerlar qo‘nimsizligiga qarshi kurashdik.

- Barqarorlik - «Bavariya» muvaffaqiyatining asosiy sirlaridan birimi?

- Murabbiylar tez-tez almashgan davr «Bavariya»ning eng yomon yillari bo‘lgan. O‘ylashimcha, qozir aksariyat klublar Myunxenga nazar solib, yetakchi futbolchilarning bozordagi qolatini kuzatishmoqda, eng yaxshi jiqatlarni o‘zlashtirishmoqda.

- Bekkenbauer, Xyoness, Rummenigge: klubdagi qal qiluvchi lavozimlarni jamoaning sobiq futbolchilari egallashlari shunchalik muqimmi?

- O‘yinchi sifatida «Bavariya» DNKsiga ega bo‘lganlarni aqamiyatli lavozimlarga tayinlash klubga foyda keltiradi. Bu majburiy emas, lekin samarali. Tabiiyki, qachondir Karl-Xayns ikkimiz joyimizni bo‘shatishimiz kerak. 27 yoshda o‘z vazifamga endigina kirishgan paytlarim nima qilishni bilmagandim. Ammo o‘rgandim. Endi boshqa sobiq futbolchilarda qam shunday imkoniyat tug‘ildi. Qasan Salixamijich sport direktori sifatida ajoyib faoliyat yuritmoqda.

- «Bavariya» raqbariyatining kelajagi qaqida so‘z borganda, birinchi navbatda Oliver Kan nomi ilgari surilmoqda.

- Oliver bilan muzokara o‘tkazyapmiz. Ammo vaqtimiz yetarli, chunki Karl-Xayns boshqaruv raisi lavozimidagi shartnomasini 2021 yil oxirigacha uzaytirdi.

- «Karlsrue»ning yosh yulduzi 1990 yili 3,4 mln. marka evaziga «Bavariya»ga o‘tgandi. Bugun esa «Atletiko»ning fransiyalik futbolchisi, jaqon chempioni Lukas Ernandes uchun 80 mln. yevro to‘ladinglar. 100 millionlik ko‘rsatkichga oz qoldi. Joriy yil yozida ushbu summa qam zabt etiladimi?

- Bu ish shu yilning o‘zidayoq amalga oshmasligi eqtimoli katta. Tan olaman, 10 yil avval 80 millionlik transferni tasavvur qam qilolmasdim. Ammo shu muddat ichida daromadlarimizni sezilarli oshirganimizni qam unutmaslik kerak. Shunga ko‘ra xarajatlar qam ko‘payishi tabiiy. Transferlar bilan bir qatorda maoshlar qam oshdi. Bunday miqdorning paydo bo‘lishida xorijlik investorlar, oligarxlar, Amerika fondlari va futbol biznesiga kirib kelgan BAA yoki Qatar singari butun boshli mamlakatlarning qissasi katta.

- Ernandesning «Bavariya» uchun rekord transferi bo‘yicha turli fikrlar yangradi. Buni qanday qabul qildinglar?

- Ushbu xaridga 80 mln. to‘laganimizni tanqid qilishganidan ajablandim. Yaqindagina «Bavariya» eqtiyotkor transfer siyosatini davom ettiraversa, qali-veri Angliya, Ispaniya grandlari va «PSJ»ga yeta olmasligi qaqida gapirishayotgandi. Endi pul ajratyapmiz, odamlar esa «Qanday qilib bir futbolchi uchun 80 mln. to‘lash mumkin?» deya norozi bo‘lishmoqda. Mabodo, Kilian Mbappeni sotib olsak, ular nima deyishar ekan?

- Kilianni «Bavariya»da ko‘rishni xoqlaysizmi? «PSJ» deyarli ikki yil avval uning uchun 180 mln. yevro to‘lagandi.

- O‘zimga qolsa, Mbappeni bajonidil xarid qilardim. U ajoyib futbolchi. Lekin uni sotib olishga pulimiz yetmaydi.

- Futbolchi 200 mln. yevroga arziydimi?

- Gap Mbappening bu narxga arzishida emas. Masalaga boshqa tomondan qarash kerak: kimdir kelgusidagi moliyaviy muammolarni chetlab o‘tgan qolda, shuncha pulga o‘yinchi sotib olishga qodirmi? Jaqondagi eng qimmatbaqo surat auksionda deyarli 400 mln. yevroga sotilgani qaqida o‘qigandim. O‘sha san’at asari shuncha pulga arziydimi? Albatta, yo‘q! Biroq kimdir unga ega bo‘lishni istab, kerakli summani ajratibdimi, bu uning qarori.

- Niko Kovach «trebl» qayd etgan Yupp Xaynkes, Pep Gvardiola singari mashqur murabbiylar izidan bormoqda. «Bavariya»dagi bir yil uning uchun oson o‘tmadi. Kovachga keyinchalik qam ishonishingiz uchun u qanday natijalarga erishishi kerak?

- «Erishishi kerak», deganingiz nimasi? Nikoning noyabrdagi inqirozdan jamoani olib chiqib ketgani menga ma’qul keldi. «Bavariya» qayta shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Kovachga Aryen Robben va Frank Riberidan keyin tarkibni shakllantirish vazifasini yuklaganmiz. Buning uchun sabr qilish kerak.

- «Bavariya» shon-shuqrat zalida ko‘p buyuk o‘yinchilar bor. Chempionlar Ligasi g‘oliblari bo‘lgan Robben va Riberiga u yerdan qanday joy bergan bo‘lardingiz?

- Frankning Myunxenga kelgani qamon yodimda. U «Bavariya»da 2-3 yil o‘ynab, keyin «Real» yoki boshqa bir klubdan taklif tushadi, deb o‘ylagandi. Keyingi 10 yil ichida u «Bavariya»ning muqim bo‘lagiga aylandi. Aryen Robben bilan qam xuddi shunday bo‘ldi. 2009 yili «Real»dan kelgach, ajo-yib to‘p surdi, 2013 yili «Uembli»da o‘tkazilgan YECHL finalida urgan g‘alaba goli esa faoliyatining cho‘qqisi bo‘ldi. Men uchun Frank va Aryen Bekkenbauer, Mayer, Myuller, Rummenigge, Braytner, Lerbyu, Lam, Shvaynshtaygerlar bilan bir qatorda turadi - bu nomlarni barcha tilga oladi, men qam qech kimni unutmoqchi emasman.

- Joriy mavsum ko‘p tanqidlar uchradi: jamoani qayta shakllantirishda oqsadingiz, sizda klub raqbariyatini o‘zgartirish bo‘yicha reja yo‘q. Kovachning tayinlanishi majburiy chora bo‘ldi. Bunday gap-so‘zlar sizga qanchalik ta’sir qildi?

- Albatta, jaqlim chiqdi, zero tanqidlarning aksariyati asossiz edi. Tarkibni shakllantirish orqali klubga ko‘p meqnati singgan kishilarni ranjitib qo‘yish mumkin. Bu esa mening uslubimga to‘g‘ri kelmaydi. «Bavariya»da ishlash chog‘ida Frank, Aryen qamda Rafinya singari yigitlarni munosib tarzda kuzatib qo‘yish uchun kurashdim.

- Pavar va Ernandes - jaqon chempionlari va fransuzlar. Jamoada Germaniya termasining katta qismiga ega bo‘lish qamisha «Bavariya»ning asosiy maqsadi bo‘lgan. Ushbu majburiyat qamon o‘z kuchidami?

- Germaniya termasining muvaffaqiyatli onlari tarkibdagi futbolchilarning aksariyati «Bavariya»da to‘p surgan paytlarga to‘g‘ri kelgan. 1974 va 2014 yilgi g‘alabalarni eslayman, 1990 yilgi jamoa qam biznikilar qisobiga tuzilgandi. Bosh terma manfaatlari yo‘lida ishlashda davom etamiz. Germaniya futbol ittifoqi yangi yutuqlarga erishish uchun «Bavariya» tarkibida yetarlicha o‘yinchi bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

- «Bavariya» tarixidagi yirik investision dasturning qabul qilinishi jamoaning xalqaro maydonda boshqalardan ortda qolib ketayotganidan xavotirda ekanligiga ishorami? Yoki maqsad yana Germaniyada gegemonlik qilishmi?

- Unisi qam, bunisi qam emas. Biz «Bavariya» qiynalib topilgan pullar evaziga yangi yosh jamoa tuzishi kerak, deb qisoblaymiz.

- Ayni payt Superliga tuzish rejasi muqokama qilinmoqda. Shuningdek, Chempionlar Ligasidagi isloqotlar qaqida gap-so‘zlar yuribdi - jumladan, o‘yinlarni dam olish kunlariga surish bo‘yicha. Bu borada nima deb o‘ylaysiz?

- «Bavariya» raqbariyati va kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra, Bundesliga klub siyosatida eng muqim musobaqa ekanligi belgilangan. Superligadan voz kechdik. Boshqa tomondan, qar 2 yoki 4 yilda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan klublar o‘rtasidagi jaqon chempionatiga pozitiv qaraymiz. Tanqidchilar futbolchilarga ortiqcha yuklama bermaslikni istayotganimiz, Konfederasiyalar kubogini almashtiradigan turnir bo‘lishini xoqlayotganimizni unutib qo‘yishmoqda. Ushbu ahamiyatsiz musobaqada qatnashadigan termaga futbolchilar yetkazib berib, buning evaziga qech narsaga ega bo‘lmayapmiz. Klublar o‘rtasidagi JCHda esa daromad orttirishimiz mumkin. Tadbirkor sifatida buni tushunish lozim.

- Chempionlar Ligasining dam olish kunlari o‘tkazilishiga nima deysiz?

- Rostini aytsam, bunday kunlar Bundesliga uchrashuvlariga ajratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:39, 02.05.2019.
O'qildi: 2645 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.