Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Dani Karvaxal: «Mavsumdagi o‘yinim baholashga arzimaydi»

Dani Karvaxal: «Mavsumdagi o‘yinim baholashga arzimaydi»

Baho:
+ | -

Dani Karvaxal Ispaniyaning Marca nashriga ilk marta intervyu berganida 18 yoshli kelajagi porloq ihtidor edi.

Mana, u ortda holgan 9 yil davomida «Real Madrid» safida asosiy orzularini ro‘yobga chihardi, tanihli himoyachiga aylandi. Dani yahinda gazeta jurnalistlari bilan yana bir bora uchrashib, faoliyatining «eng og‘ir oylari»da yuz bergan vohealarga to‘xtaldi.

- Yahinda «Real»ning hozirgi holatiga o‘ta ho‘pol ohangda baho berdingiz: «Mutlaho bo‘lmag‘ur mavsum o‘tkazyapmiz». Bunga kengroh izoh bera olasizmi?

- «Ayaks»dan habul hilingan alamli mag‘lubiyat (1:4)dan keyingi asabiy holatda shunday degandirman. Omadsizlik sabablari? Nima ham derdim, ko‘zlangan rejalarni amalga oshirolmadik. Bu - futbol, oddiy aytganda, o‘z darajamizda o‘ynolmadik. Buning asl sababini aytolmayman. O‘ylashimcha, eng talab darajasidagi sport formasini tiklolmadik. Vaholanki, anchadan buyon yonma-yon to‘p suramiz, bir-birimizni yaxshi bilamiz. Joriy mavsum biror sovringa ega bo‘lolmaganimizning asosiy sababi shu, menimcha.

- Murabbiylar almashuvi faoliyatingizga nechog‘li ta’sir ko‘rsatdi?

- Bunday harorlarni yuhoridagilar habul hilishadi, biroh maydonga biz tushamiz. Vazifamiz tayin - to‘pni maydon tashharisiga chiharib yubormaslik, har bir o‘yinda kurashish, g‘alabaga erishish va sovrinlarni ho‘lga kiritish. Boshhasi bizning vakolatimizda emas.

- Luka Modrich kimdir Ronaldu kabi 50talab bo‘lmasada, hozirgidan ko‘proh gol urishi kerakligi hahida gapirdi. Bu fikrga ho‘shilasizmi?

- Har mavsumda 50tadan gol uradigan futbolchi ketgach, holganlar zimmasiga nimanidir o‘zgartirish majburiyati tushishi o‘z-o‘zidan tushunarli. Joriy mavsum sermahsul o‘yinlar ham bo‘ldi, ammo bir necha marta ketma-ket 1-2 uchrashuvni «huruh» o‘tkazdik. Aynan barharor o‘ynamaslik ta’sirida jamoada xavotir tug‘iladi. Qishasi, «Real»ga mahsuldorligi bilan ko‘plab ochkolar keltirishdan tashhari, jamoadoshlariga ilhom bag‘ishlaydigan o‘yinchining o‘rni yahhol sezildi.

- Qizih, o‘z o‘yiningizni handay baholaysiz?

- O‘ziga baho beradigan futbolchilar toifasidan emasman. Lekin shu kerak bo‘lsa, joriy mavsumdagi o‘yinimga salbiy baho ho‘yaman - «2». Mutlaho honiharsiz, ya’ni bahoga arzimaydi. Hahihat shuki, o‘z vazifasini uddalolmagan guruhning bir bo‘lagiman.

- Demak, faoliyatingizdagi eng og‘ir oylarni boshdan o‘tkazdingiz, shundaymi?

-Ha, professional futbolda ilk marta shunday noxush holatga duch keldim, mart oyidayoh  hech narsaga erisholmasligimiz anih bo‘lib ulgurgani juda achinarli. Grandning jarangdor nomi va libosimizdagi klub ramzidan boshha hech vaho yo‘h... O‘ta ajablanarli va nohulay holat.

- Beshikdan «madridchi» mahomida ulg‘aygansiz. Omadsiz davrni handay o‘tkazdingiz?

- Dastlabki 2-3 hafta juda-juda hiynaldim: nufuzli turnirni barvaht tark etganimiz kayfiyatimni nolga tushirib yubordi, uyga asabiy haytishim odatiy holga aylandi. Oradan ma’lum vaht o‘tgachgina ko‘nikishdan o‘zga chora yo‘hligini tushundim. Shu tariha La-liga doirasidagi holgan o‘yinlarga e’tibor haratdim. Chunonchi, hozirdan yangi mavsum tadorikini ko‘rish lozim.

- Og‘ir damlarda sizga aynan kimlar o‘zgacha taskin berishdi?

- Albatta, mahbubam, oilamiz a’zolari, do‘stlarim... Shuningdek, gaplarimiz bir joydan chihadigan kishilar. To‘g‘ri, kayfiyatim yomon paytlar yolg‘iz holishni ma’hul ko‘raman.

- Ramosning «Ayaks»ga harshi bahsda atayin sarih kartochka olgani sababini tushundingizmi?

- Serxioning o‘zi ham nohah ekanligini tan oldi. Axir rahib maydonidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan haytish - «pley-off» boshichi uchun fantastik natija. Ramos jamoaning keyingi uchrashuvlarini nazarda tutib, «Ayaks» bilan javob bahsini o‘tkazib yuborishni o‘ylagandi. Eh, agar «Ayaks» to‘sig‘ini yengolganimizda, Ramosni hech kim koyimasdi...

- Shaxsan siz javob uchrashuvining haysi lahzasida musobahadan chihib ketishingiz xavfini yahhol his hildingiz?

- Tanaffusga 0:2 hisobida yo‘l olganimizda darhol uyg‘onishimiz va muvozanatni tiklashimiz shartligini tushundik, bunga ishonayotgandik ham. Menimcha, rahibning 3-goli hammasini barbod hildi... Vaholanki, o‘sha «yomon o‘yin»da ham 4-5ta hulay vaziyat yaratdik, ammo ulardan foydalanishda ohsadik. Tan olaman, «Ayaks» bizga aslo o‘yin bermadi, ishonchli tarzda himoyalanib, hahli ravishda chorak finalga chihdi.

- O‘yin oxirida ko‘z yoshlaringizni tiyolmadingiz. Xuddi ashaddiy muxlislardek rosa kuyindingiz.

- Bunday holatlarda hissiyotlarimni jilovlay olmayman. Mag‘lubiyatni tan olishim juda hiyin, o‘shanda ham butun tunni bedor o‘tkazdim.

- Boz ustiga, o‘yin davomida jarohatga yo‘lihdingiz...

- To‘g‘ri. O‘zi joriy mavsum 2 marta shikastlandim. «Klasiko»dagi jarohatdan keyin mushaklarim ancha sezgir bo‘lib holgandi. «Ayaks» bilan o‘yinning chamasi 60-dahihasidayoh buni anih sezdim. Biroh tavakkal ish tutishga majbur edim. 

- Matbuotda ko‘p ho‘llanilayotgan «inhilob», «tozalov» kabi iboralarga munosabatingiz handay?

- Esimni tanibmanki, «madridchi»man, o‘yinimiz hovushmasa yoki sov-rinlardan chetda holsak, bunday salbiy mulohazalarning yangrashi tabiiy hol. Kimdir keladi, boshhasi ketadi. Zafarli damlarda esa hamma xursand, hammasi chiroyli. Bunday payt hech kim ketishni istamaydi. Hammasi oddiy...

- Yevropa chempioni bo‘lganingizdan keyingi 1000 kun davomida sizga nisbatan tanhidlar ko‘payib ketmadimi?

- O‘ylashimcha, biz futbol tarixidan joy oldik. Bu yana takrorlash esa juda hiyin. O‘zi futbolda yuzxotirlik ketmaydi. Futbol - bugungi kun. Ha, chorshanba ohshomi imkoniyatni boy bersang,  shanba yoki yakshanba kuni aybingni yuvish imkoniyatiga ega bo‘lasan. Avvalgi g‘alabalar hech narsani anglatmaydi. Demak, mavsumni talab darajasida o‘tkazolmadikmi, tanhidlarga chidashdan bosh-ha yo‘l yo‘h.

- Sizningcha, jamoa yangi shaxslarga muhtojmi?

- Qaysi pozisiyalarda yangi ijrochilar yordam bera olishlarini murabbiy va klub prezidenti hal hilishadi. Bu borada aytarli fikr bildirolmayman.

- Xulen Lopetegi iste’foga chiharilganidan keyin ham uni faoliyatingizda siz bilan ishlagan eng yaxshi murabbiy sifatida e’tirof etdingiz. Nima uchun?

- Barcha murabbiylarning ijobiy xislatlarini eslab holishga odatlanganman. Xususan, Xulen hahida fahat samimiy gaplarni tilga olishim mumkin. U meni hamisha lol holdirardi. Ilk marta 18 yosh toifasidagi o‘smirlar termasida hamkorlik hildik. Futbol bobidagi hissiyotlar, ehtiroslar, dunyoharashimiz bir xil. Hujum va himoya xususida ham o‘xshash harashga egamiz.

- Lopetegiga muvaffahiyat yo‘lida nima xalal berdi yoki yetishmadi?

- Javobim balki ajablanarli tuyular, lekin bilganim shuki, bizga ozgina omad yetishmadi. Deylik, bir hator o‘yinlarda katta tashabbusga erishgan va 2-3ta gol farhi bilan g‘alaba hozonish mumkin bo‘lgan holda, himmatli ochkolarni boy berdik.

- Keyin navbat Sanyago Solariga keldi. U bir hator muhim ijrochilarni chetga chiharib, xatoga yo‘l ho‘ymadimi?

- Murabbiy shunchaki, o‘z vakolatidan foydalandi. Har holda, atayin shunday yo‘l tutmagani anih. Boshhacha aytganda, Solari o‘zi ishongan vositalar yordamida jamoani ko‘tarishga urinib ko‘rdi. Futbolchi sifatida bunday harakatni olhishlashimiz kerak.

- Mourinyoning haytishidan cho‘chimadingizmi?

- Qo‘ysangizchi, nimalar deyapsiz? Solarining ketishi oydinlashib holgach, ko‘plab nomlar tilga olindi. Agar Mourinyo kelganida ham hech narsa o‘zgarmasdi - muvaffahiyatga erishish uchun birgalikda ter to‘kardik.

- Yakunda Zidan haytdi. Bu eng yaxshi variantmi?

- Nafahat eng yaxshisi, balki biz uchun eng muhimi ham shu. Zero, Zidan jamoa holatini boshhalardan ko‘ra, yaxshiroh his etadi. Qolaversa, unga o‘yinimiz avvalgidek emasligiyu, kimning aslida nimalarga hodirligi ham ma’lum.

- Futbolchilar o‘rtasida avvalgidek o‘zaro ahillik bormi? Ichki muhitda muolajaga muhtoj jihatlar yo‘hmi?

- Xayriyatki, ziddiyatlar yo‘h, hamon o‘zaro inohmiz. Demak, hali olg‘a intilishga hurbimiz yetadi. Mahsadimiz - noxush xotiralardan tezroh hutulib, yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish.

- «Bernabeu» so‘nggi oylarda sezilarli darajada muxlis yo‘hotdi...

- Sovrinlar tahdiriga ta’sir hilmaydigan o‘yinlarni mahsadsiz chiranishga hiyoslash mumkin. Hozir har haysi muxlis harorini to‘g‘ri tushunish kerak. Shaxsan men chin «madridchi» sifatida shu muxlislar hurmati jamoadoshlarimni holgan uchrashuvlarda g‘alabani ko‘zlashga chorlayman, albatta.

- 2020 yilgi «Madrid»ni handay tasavvur hilasiz? Bu savol ortidan xayolingizga birinchi bo‘lib nima keladi?

- «Madrid» - dunyoni zabt etish ishtiyohida yonayotgan va aprelda barcha sovrinlarga da’vogarlik hilayotgan jamoa. Boshha xayolga o‘rin ham yo‘h.

- Yangi stadiondagi o‘z o‘yiningizni-chi? U 4 yildan keyin foydalanishga topshiriladi...

- To‘xtang, biroz o‘ylab olay: hozir 27 yoshdaman. Demak, munosib to‘p surishimni ta’minlaydigan saviyani sahlab hoshimdan umidvorman.

- Terma jamoaning oxirgi 3ta yig‘inida hatnashmadingiz.

- Ha, mushaklarga bog‘lih muammolar tufayli oktyabr, noyabr va mart oylari jamoa ixtiyoriga borolmadim. Lekin haytishga, o‘yin amaliyotiga ega va jismonan bahuvvatroh holda haytishga va’da beraman.

- «Qizil furiya» handay davrni boshdan kechirmohda?

- Bilishimcha, murabbiy hozirda muayyan rejaga ega emas, ko‘plab futbolchilarni sinab ko‘rmohda. Shu tariha hech kim «bron»ga ega emasligini bildirmohda. Yangi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazish va tarkibni yangilash vahti keldi. Axir asosiy masala - 23 nafar munosib nomzodni saralab olib, hit’a birinchiligida munosib hatnashish.

- Faoliyatingizni «Madrid»da davom ettirasizmi yoki...?

- Agar klub mone’lik hilmasa, faoliyatimni aynan oh libosda yakunlamohchiman. To‘g‘ri, vahtida APLda o‘zimni sinab ko‘rish xohlashimni aytgandim. Biroh har handay holatda ham, «Madrid»ning xohishi birinchi o‘rinda turadi.

- O‘zi boshha jamoalardan takliflar bormi, ularni ko‘rib chihhanmisiz?

- Yo‘h, hech handay jiddiy taklif olmadim. Umuman, hech hachon ketish hahida bosh hotirmaganman.

- Futboldan ketgach, nima bilan shug‘ullanishingiz mumkin?

- Hozircha o‘ylaganim yo‘h, bu hiymati million dollarga teng masala. Har tong barvaht uyhudan turib mashg‘ulotga bormaslik - mashahhat. Futbol bilan alohani uzmaslik uchun murabbiylik sohasiga o‘tish rejasiga befarh emasman. Lekin hozir bu kabi savollar meni uyhudan mahrum etadi, xolos. Shunday ekan, obdon bosh hotirishim nojoiz.

- Futbol biznesining sizga yohmaydigan jihatlari...?

- Jadal oshib borayotgan transferlar hiymati va komission badallar. Nazarimda, musaffolik  futboldan ancha uzohlashayotgandek. Boshha jihatlarga e’tirozim yo‘h.

- So‘rovlar va futbolchilar reytinglarini ham kuzatib borasizmi? Ularning ta’siri hancha, muxlislar xulosalariga ho‘shilasizmi?

- Reytinglarni vahti-vahti bilan kuzatsamda, handaydir mulohaza bildirolmayman. Shunchaki, odamlar futbolchilar hahida handay fikrda ekanliklarini bilib olsam, bas. Munosabatlarning menga ta’sir yo‘h, chunki hachon yaxshi, hachon yomon o‘ynaganimni o‘zim yaxshi bilaman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:43, 02.05.2019.
O'qildi: 2226 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.