Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Qishda eng ko‘p kutilayotgan transferlar

Qishda eng ko‘p kutilayotgan transferlar

Baho:
+ | -

2025 yilning yanvar oyida amalga oshishi kutilayotgan bir qator transferlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

«MYU» Reshford bilan xayrlashmoqchi
«Manchester Yunayted» va Markus Reshfordning hamkorligi yangi murabbiy Ruben Amorim bilan yaxshi o‘xshamadi. Amorim futbolchining professional munosabatidan qoniqmagani sababli, Reshford jamoa tarkibidan chetlatildi. The Guardian xabariga ko‘ra, klub futbolchini qishda sotishga tayyor. Saudiya Arabistonining bir nechta klublari futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq Reshford Yevropadan ketishni rejalashtirmayapti.

Pogbaning kelajagi
Fransuz yarim himoyachisi Pol Pogba «Yuventus»ni tark etdi. U 2025 yilning mart oyida diskvalifikasiya muddati tugagach, maydonga qaytishi mumkin. Bolavip xabariga ko‘ra, Pogba Braziliyaning «Korintians» jamoasiga o‘tishga rozilik bildirgan, biroq RMC Sport ma’lumotiga ko‘ra, u «Marsel»ga o‘tishni ko‘rib chiqmoqda.

Gvardiolaga yordam keladi
«Manchester Siti» yarim himoyani kuchaytirish uchun qishda futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda. ESPN xabariga ko‘ra, klubning asosiy maqsadlari — Martin Subimendi («Real Sosyedad») va Bruno Gimarayesh («Nyukasl»). Shuningdek, jamoa himoyachi va hujumchi sotib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

«Yuventus» yangi transferlar qiladi
«Yuventus» qiyin mavsumni kuchli transferlar orqali o‘nglashga harakat qilmoqda. Klub Jakomo Raspadori («Napoli»), Sandro Tonali («Nyukasl») va David Gansko («Feyenoord») kabi futbolchilarni sotib olishni rejalashtiryapti.

«Liverpul»ga qanot himoyachilari kerak
Trent Aleksandr-Arnoldning shartnomasi uzaytirilmagani sababli, «Liverpul» uning o‘rniga «Bayer» himoyachisi Jeremi Frimpongni olishga qiziqmoqda. Shuningdek, mersisaydliklar Alfonso Devis («Bavariya») va Rayan Sherki («Lion») kabi nomlar bilan bog‘lanmoqda.

«Arsenal»ga top-hujumchi kerak
London klubi Dushan Vlaxovichni («Yuventus») sotib olishni rejalashtirmoqda. Uning transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, jamoa Kiyran Tirni bilan xayrlashishni rejalashtirgan.

Serxio Ramos «Boka Xuniors»ga o‘tadimi?
Argentinaning TyC Sports nashri xabariga ko‘ra, «Boka Xuniors» Serxio Ramosni qishda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ramos yozdan buyon erkin agent hisoblanadi.

Qishki transferlar oynasi shubhasiz, bir qator qiziqarli kelishuvlarga guvoh bo‘ladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:02, 25.12.2024.
O'qildi: 9347 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.