Daniya terma jamoasi hujumchisi Rasmus Xyoylund Millatlar ligasida Portugaliyaga qarshi o‘yinda golini qanday nishonlagani haqida gapirdi.
"Napoli" futbolchisi uchrashuvning 53-daqiqasida gol urdi, ammo bu Daniyani 2:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.
Portugaliya esa o‘yindan bir kun oldin bosh murabbiy Jorje Jezush bilan mojaro sabab terma jamoa qarorgohini tark etgan Krishtianu Ronaldusiz g‘alaba qozondi.
"Bu kecha sodir bo‘lgan voqealardan keyin terma jamoadagi faoliyati ehtimol yakunlangan insonga hurmat belgisi edi. Men shunchaki unga yana bir bor ehtiromimni bildirmoqchi bo‘ldim. Portugaliyaga nisbatan hech qanday hurmatsizlik bo‘lmagan. Ronaldu — mening kumirim", — deya Xyoylunning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Yakshanba kuni Daniya terma jamoasi safarda Uelsga qarshi maydonga tushadi.













