Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston hisobiga 57-medal qo‘shildi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston hisobiga 57-medal qo‘shildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston delegasiyasi Aichi-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi.

Tennis bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimiz yarim finalgacha yetib bordi. Ushbu bosqichda Gonkong vakiliga imkoniyatni boy bergan Sultonov musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.

Shu tariqa, Humoyun Sultonov O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ayni paytda O‘zbekiston 16 ta oltin, 21 ta kumush va 20 ta bronza — jami 57 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:55, 02.10.2026.
O'qildi: 2069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик