Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Kambeklar»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Kambeklar»

Baho:
+ | -

Har bir kambekning o‘z tarixi bor, to‘g‘ri. Biroq ularni bog‘lab turadigan qandaydir umumiy jihat ham bo‘lishi kerak-ku, to‘g‘rimi?

Topdim o‘zimcha: birorta kambekda ikki taraf zo‘r o‘ynamagan bo‘larkan, aniqrog‘i, bir taraf kuchli o‘yinini namoyish etsa-da, narigisi o‘ynamagan bo‘ladi ekan. Tengkurashlar natijasida kambekka erishib bo‘lmaydi ekan. G‘alaba qozongan klubdagi ishtiyoq raqibning o‘yinni topshirib qo‘yishga “tayyorligi”dan paydo bo‘larkan odatda.

1999 yilgi YECHL finali so‘nggi daqiqalarini eslang, “Bavariya” go‘yo o‘yin hal bo‘ldi, deb o‘ylagan, hujumlari samarasiz yakunlasa-da, befarqligicha "MYU"ning kuchayishini kutardi. “Qizil iblislar” o‘yin davomida so‘nggi soniyalardagi voqeaga ishonqiramay harakat qilishgan, o‘yin tugashi oldidangina raqibning yutqazishga tayyor ruhiyatini anglab yetishgan, xolos.

2005 yilgi final ham shu. “Milan” ikkinchi bo‘limni bus-butkul tashlab yuborgan. “Liverpul”da shijoat o‘sha “tashlab yuborish”dan so‘ng boshlangan. Gol ketma-ket kiritilsa ham o‘ziga kelishni istamagan “Milan” qattiq jazolangani esingizda, albatta?!

2016 yilgi final. “Real” vakillari so‘nggi soniyalardagina hamshaharlari ko‘ziga yaxshilab tikilib qarashsa, ular tushkunlikka tushishgan, mag‘lubiyatga tayyor holdalar. Bo‘ldi, shundan so‘ng ishtiyoq uyg‘onadi-da...

2017 yilgi “Kamp nou”dagi 6:1. Dahshatli oqshomda “Barselona” darvozasiga PSJ tomonidan gol urilganda,  kataloniyaliklarning o‘zlari ham endi mo‘jiza sodir bo‘lmaydi, deyishgan ekan. Biroq, raqibning ko‘zidagi o‘sha qo‘rquv, xavotir va yana allambalo tuyg‘ular Enrike shogirdlarini har ehtimolga qarshi oldinga undayvergan. Oxirgi daqiqalardagi 3ta gol “Barsa”ning supershijoati hisobiga emas, parijliklarning ruhan mag‘lublikka tayyorliklari hisobiga kiritilgan, deb o‘ylayman.

2018 yilgi “Roma”dan qabul qilingan kambekda ham bosh rolni rimliklar emas, kataloniyaliklarning o‘zlari o‘ynab berishgan. “Roma” qarayapti, “Barsa” o‘ynagisi kelmayapti, nega urib tashlamasligimiz kerak, deb ishlarini qilaverishgan, o‘yin oxiriga kelib tabloda 3:0 hisobi porlab qolgan.

Shu yilgi PSJ – MYU o‘yini ham shunaqa. Parijliklar mushuk sichqonni o‘ynab yegani singari oxirigacha o‘ta qaltis hisobda yugurmasdan o‘ynayverishdi. Oqibatda, eng yaxshi o‘yinlaridan birini-da o‘tkazmayotgan Manchester birgina hujumga o‘tib, yulduzlar fabrikasini jazolab qaytdi. O‘sha kecha MYU g‘alabani penaltidan gol urmaguncha ham o‘ylay oladigan holatda emasdi.

“Real”ning o‘z uyida “Ayaks”ga boy bergan bahsi ham shu jumladan. Raqibni borib uyida yengib qaytdingmi, o‘z uyingda bemalol o‘ynayver, degan qoida madridliklarning darsliklarida ko‘p o‘tilgan, shekilli, bu safar u yomon oqibatini berdi. Amsterdam bolalari fantastik o‘yin ko‘rsatishgandir, biroq, bu o‘yindagi muvaffaqiyat ko‘proq “Real”ning nursiz va samarasiz hujumlari hosilasi bo‘ldi.

Bugungi “Enfild” ertagida hamma Kloppni, “Liverpul”ni alqayotgan bo‘lsa-da, bu natijadagi asosiy yuk yana “Barselona”niki, desam, koyimang. Valverde shogirdlari bu kecha Saloh va Firminosiz “Liver”ni xotirjam yengamiz, deb kelishdi. Sobiq liverpulchi yulduzlar “Liverpul” emblemasi oldida rasmlarga tushishdi, o‘yinni bemalol o‘tkazish haqida o‘ylashdi. Afsuski, “Liverpul” yuqoridagi kambekchilardan farqli ravishda o‘zi shunaqa narsalarni ko‘proq xush ko‘radigan klub. Klopp yigitlari o‘zlariga berilgan vazifani zo‘r bajarishdi, shu bilan birgalikda raqibning qarshiligi mutlaqo kuzatilmagan kechada sodir bo‘lganini ham aytib o‘tsak...

Xulosa nima? Kambek bekorga sodir bo‘lmaydi, kambekda zaif xarakter egasigagina mag‘lub tomonda bo‘ladi. “Manchester Siti”ning “Tottenhem”ni yenga olmaganini tushungandirsiz endi? O‘sha oqshom londonliklar bizning formuladagi zaif tarafga tushmasdilar, “ManSiti”ning har bir goliga kerakli miqdorda gol bilan javob berayotgani uchun-da, jazolanmadilar.

Ikki jamoa yaxshi o‘ynaganida kambek degan narsa bo‘lmasligi kerak, xullas.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:23, 09.05.2019.
O'qildi: 9998 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.