Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Tottenxem»ning super kambekidan so‘ng mutaxassis va muxlislar qanday fikrda?

«Tottenxem»ning super kambekidan so‘ng mutaxassis va muxlislar qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Bugun tunda “Tottenxem” chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinida “Ayaks” mehmoni bo‘ldi. Drammatik kechgan bahsda “Tottenxem” super kambek amalga oshirib ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:3 hisobida durang o‘ynadi va safarda urilgan gollar hisobiga ikkinchi finalchiga aylandi. Uchrashuvdan so‘ng Twitter ijtimoiy tarmog‘ida mutaxassis va muxlislar o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Sanjar Rizayev: Shunday qilib finalga «Sautgempton»ning 7 futbolchisi va murabbiyi chiqdi. Mana asl «Ayaks» qayerda :)

Xayrulla Hamidov: APLga ta’zim! Kroyf tirik bo‘lganda, yana o‘lardi. “Real” ozgina dam olay desa, darrov APLga topshirib qo‘yishdi hokimiyatni... Kechagi o‘yinni ham esdan chiqartirdiya, vuy, jinnilar. APL finalining Ispaniyada o‘tayotganida ham ramziy ma’no bor.

Qaxramon Aslanov: Tan olinglar, ispanlar va “Bavariya” gigemonlik qilgan yillarda vashshe qiziq bo‘lmayotgandi o‘yinlar. YECHL o‘n yil oldingi davrga qaytyapti. Boshqa final kutganlarning talablariga binoan 3-o‘rin uchunam o‘yin tashkil qilinglar (:

...: Futbolda hamma narsaga chidash mumkin,  ammo Arsenalning raqibi Totenxamning yutug‘iga chidab bo‘lmaydi! Ming la’nat.

Hikmatillo: Futbolni rivojlantirish bo‘yicha "Superligada kambeklar sonini oshirish" bo‘yicha Va’zirlar maxkamasining qarori...

Shaxboz Beg‘amov: Xullas, 2012 yil «Bavariya» YECHL finaliga chikib yutkazgandi. Keyingi yil yana finalga chikdi. Germaniya klasikosiga aylangan finalda Kloppni «Borussiya»sini yutgan. Keyin YECHLda Ispaniya erasi boshlandi. Utgan yili APL jamoasi finalga chikdi, yutkazdi. Bu yili esa APLning ikki vakili finalda. Joriy mavsum YECHL xakikiy ertaknamo musobakaga aylandi.

Dildora Holboyeva: “Barsa” va “Real” davri o‘tkani bilindi. Futbol yana o‘z vataniga qaytganidan xursandman.

O‘tkirbek Muydinov: “Tottenxem” guruhdan zo‘rg‘a osilib chiqqan klub, finalga chiqib ketsa-ya. Xabba! Yoki “Real”dan o‘rganganmi deymanda?!

Jaloliddin QObiljonov tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:58, 09.05.2019.
O'qildi: 12422 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.