Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘smirlar va yoshlarimizning Osiyo chempionati saralashidagi raqiblari ma’lum

O‘smirlar va yoshlarimizning Osiyo chempionati saralashidagi raqiblari ma’lum

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Osiyo futbol konfederasiyasi shtab-kvartirasida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoalari uchun Osiyo chempionati saralash bahslariga qur’a tashlandi.   Unga ko‘ra O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi saralash bahslarining “B” guruhida Hindiston, Bahrayn va Turkmanistonga qarshi bahs olib borsa, Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi U-19 terma jamoamiz saralash bahslarini “F” guruhida Saudiya Arabistoni, Hindiston va Afg‘oniston terma jamoalariga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.   O‘smirlar o‘rtasidagi saralash o‘yinlari shu yilning sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 11ta guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar qatorida 4ta eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkinchi o‘rin sohiblari ham Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.   Yoshlar o‘rtasidagi saralash o‘yinlari esa shu yilning noyabr oyida Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.   Qur’a natijalari:   O‘smirlar (U-16) terma jamoalari (Janubiy mintaqa):   “A” guruhi – Tojikiston, Iordaniya, Nepal, Shri-Lanka, Kuvayt   “V” guruhi – Hindiston, O‘zbekiston, Bahrayn, Turkmaniston   “S” guruhi – Eron, Afg‘oniston, Falastin, Maldiv orollari.   “D” guruhi – Ummon, Saudiya Arabistoni, Suriya, Pokiston   “E” guruhi – Yaman, Bangladesh, Qatar, Butan   “G‘” guruhi – Iroq, Qirg‘iziston, Livan, BAA.   Shuningdek, Sharqiy mintaqada 5ta guruhda 22ta jamoa o‘zaro kuch sinashadi.   Yoshlar (U-19) terma jamoalari:   “A” guruhi – Iroq, Ummon, Falastin, Kuvayt, Pokiston   “V” guruhi – Qatar, Yaman, Turkmaniston, Shri-Lanka   “S” guruhi – Tojikiston, Suriya, Livan, Maldiv orollari.   “D” guruhi – BAA, Eron, Qirg‘iziston, Nepal   “E” guruhi – Iordaniya, Bahrayn, Bangladesh, Butan   “G‘” guruhi – S.Arabistoni, O‘zbekiston, Hindiston, Afg‘oniston.
Manba: UZA
Kiritildi: 15:11, 10.05.2019.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.