Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Abduqodir Husanov uchun Fransiyada yangi transfer kurashi boshlangani ma’lum bo‘ldi

Abduqodir Husanov uchun Fransiyada yangi transfer kurashi boshlangani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -1

Yevropa futbolida qishki transferlar oynasi yaqinlashib kelar ekan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov atrofidagi xabarlar yanada jonlanmoqda. 21 yoshli markaziy himoyachining kelajagi haqida “ko‘hna qit’a” OAVlarida turli ssenariylar muhokama qilinmoqda.

Oxirgi oylarda futbolchining nomi "Lans""Liverpul" va hatto "Real Madrid" kabi grandlar bilan bog‘landi. Bu xabarlarning asosiy sababi shundaki, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Husanovning o‘yinidan qoniqqaniga qaramay, unga doimiy ravishda yetarlicha o‘yin amaliyoti taqdim etmayapti.

“Nissa” kutilmaganda sahnaga chiqdi

Fransiya futbolida obro‘ga ega manbalarga ko‘ra, "Nissa" ham o‘zbek himoyachisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mavsum boshidan beri barqarorlikka erisha olmayotgan klub qishki transferlar orqali tarkibni qayta qurishni rejalashtirgan.

SPORT.FR saytining yozishicha, “Nissa” rahbariyati avvalo markaziy himoya chizig‘ini mustahkamlashga bel bog‘lagan. Shu bilan birga, Liga 1 peshqadami "Lans" ham ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirishni ko‘zlamoqda va “Manchester Siti” bilan Husanovni olti oylik ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Manbalarga ko‘ra, yanvar oyida Husanov Fransiyaga qaytishi ehtimoli ancha yuqori. Faqat uning yangi manzili “Lans” emas, balki himoya muammolarini hal qilishga intilgan “Nissa” bo‘lishi ham mumkin. Ikki klub ham futbolchini qisqa muddatli ijara asosida olishni istamoqda.

Hal qiluvchi qaror “Siti” qo‘lida

2029 yil o‘rtalarigacha “shaharliklar” bilan shartnomaga ega bo‘lgan Husanov uchun muntazam o‘yin amaliyoti juda muhim. Shu bois, “Manchester Siti” rahbariyati futbolchining rivoji uchun qisqa muddatli transfer variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin. Agar “Lans” va “Nissa” tomonidan jiddiy takliflar tushsa, Fransiyada haqiqiy transfer kurashi yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas.

Frank Xeyz omili

JEUNESFOOTEUX.COM sayti esa “Nissa” bosh murabbiyi Frank Xeyz shaxsiy tashabbusi bu transferda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Mutaxassis avval ishlagan "Lans" davrida yaxshi bilgan futbolchilarini jamoaga olib kelishni istamoqda.

Ayni paytda “Nissa” yetakchilari — Jonatan KlossTerem Moffi va Jeremi Boganing kelajagi noaniq bo‘lib turgani Xeyzni yangi ijrochilar qidirishga majbur qilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, “Nissa” uchun haqiqiy syurpriz himoya chizig‘ida bo‘lishi mumkin. Frank Xeyz “Manchester Siti”da qiyin davrni boshdan o‘tkazayotgan Husanovning vaziyatidan yaxshi xabardor va bu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi. Bir yil oldin “Lans”dan taxminan 50 million yevro evaziga Angliyaga yo‘l olgan o‘zbek himoyachisini olti oylik ijaraga qaytarish rejasi aynan shu yerda paydo bo‘lgan.

Xulosa

O‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishga chanqoq, jismonan baquvvat va taktik jihatdan foydali Husanov kabi “jangchi”ni safiga qo‘shib olish “Nissa” uchun himoyani barqarorlashtirishda katta qadam bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, yaqinlashayotgan qishki transferlar oynasi o‘zbek futbolchisining taqdirida muhim burilish nuqtasiga aylanishi ehtimoli juda yuqori.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 15:24, 26.12.2025.
O'qildi: 11999 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.