Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Nufuzli "The Ring Magazine" o‘zbekistonlik bokschi haqida post qoldirdi

Nufuzli "The Ring Magazine" o‘zbekistonlik bokschi haqida post qoldirdi

Baho:
+3 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Dunyoning eng nufuzli boks nashrlaridan biri "The Ring Magazine" o‘zbekistonlik iste’dodli bokschi Javohir Ummataliyevga e’tibor qaratdi.

Nashr ijtimoiy tarmoqlarda Ummataliyevning amerikalik jahon chempioni Shakur Stivenson bilan AQSHdagi mashhur "Mayweather Boxing Gym" zalida o‘tkazgan mashg‘ulot va sparring jarayonidan kadrlarni e’lon qildi.

"The Ring Magazine" o‘z postida Javohirni katta istiqbolga ega o‘zbekistonlik bokschilardan biri sifatida ta’rifladi.

Nufuzli nashrning bunday e’tibori Ummataliyevga xalqaro boks jamoatchiligi tomonidan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, uning Shakur Stivenson kabi yuqori saviyali bokschi bilan birga mashg‘ulot o‘tkazayotgani ham e’tiborga molik.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschi Javohir Ummataliyev jahon boksi e’tiboriga tushishda davom etmoqda.

Kiritildi: 18:43, 22.09.2026.
O'qildi: 1910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик