"Atletiko" Joze Mourinyo Madrid derbisida hakam, uning fikricha, xato qilgan ikki vaziyat aks etgan suratlar bilan matbuot anjumaniga kelganidan so‘ng, hakamlarga nisbatan bosimni to‘xtatishga chaqirdi.
"Atletiko" vakillari Marca nashriga ham bu borada izoh berishdi.
"Shunday chegaralar borki, ulardan o‘tib bo‘lmaydi. Ammo ular yana shu chegaradan o‘tishdi. Hurmatsizlik qilish mumkin emas. Ispan futboli yaxlitligi xavf ostida. Yoki biz buni hozir to‘xtatamiz, yoki keyin ortga yo‘l qolmaydi.
Ular hozirdanoq ikkinchi davradagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapti. Maqsad — hakamlarni qo‘rqitish va ularning foydasiga xato qilishlariga erishish.
Biz ham "Real" foydasiga yo‘l qo‘yilgan hakamlik xatolarini chop etish haqida o‘yladik. Ammo unda o‘rmonlarimiz tugab qolardi. Atrof-muhitni asrash uchun bunday qila olmaymiz", deyishdi "Atletiko" vakillari.
"Atletiko" o‘z maydonida "Real"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.













