Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Buvijon, siz haq ekansiz!»

«Buvijon, siz haq ekansiz!»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning final orzusini «erga ko‘mgan» Jorjinyo Veynaldum bugun dono buvisiga alohida minnatdorchilik bildirayotgan bo‘lsa, ajabmas. Zero, u futbolga aynan uning qistovi bilan qadam qo‘ygan ekan.

Aytishlaricha, Jorjinyo bolaligida futbolga umuman qiziqqan emas. Salto - bu bolakayning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib, u ma’lum vaqt akrobatika bilan shug‘ullangan ham. Biroq Fransina xonim nabirasining ushbu tanlovidan mutlaqo norozi edi va oxir-oqibat, o‘z so‘zini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ladi.

Ya’ni kichik Jorjni akrobatikadan voz kechishga ko‘ndiradi va qo‘shimchasiga nabirasini futbolga yo‘naltiradi. Gap shundaki, sho‘x bolakay akrobatika to‘garagidan keyin uyga qaytgach, buvisi oldida salto tashlashdan sira charchamasdi, uning esa mudom yurak hovuchlab o‘tirishiga to‘g‘ri kelardi: «Hoy bola, hozir peshonang yorilmasa edi, to‘xta, yiqilib ketsang, oyog‘ing sinadi-ya...». 

Jorjinyo 5 yoshidayoq buvisi qaramog‘ida qolgandi. Gap shundaki, uning ota-onasi ajrashishgach, Fransina xonim bo‘lajak yarim himoyachini o‘zi bilan olib qoladi. Chunonchi, Veynaldumning asli afrikalik otasi bedarak yo‘qoladi (u haqda aytarli ma’lumot yo‘q), surinamlik onasi esa, ro‘zg‘or tebratish uchun pul topish ilinjida Rotterdamdan poytaxt - Amsterdamga yo‘l oladi. Xullas, Jorjinyo tarbiyasini o‘z zimmasiga olgan dono buvi asta-sekin avray-avray, uni sakrash va o‘mbaloq oshishdan qaytaradi. Bunda qanday vositalardan foydalanganiyu, Jorjga nimalar va’da qilgani o‘ziga ayon.

Asosiysi, u yakunda maqsadiga erishib, nabirasini nisbatan xavfsizroq sanalgan sport turi - futbolga yo‘naltirish uddasidan chiqadi. Fransina buvi boshida Jorjni futbol mashg‘ulotlariga shaxsan o‘zi eltib qo‘yardi. Biroq bo‘lajak futbolchi o‘sha vaqt to‘garakda xohlamaygina qatnashar, maktab jamoasi safiga goh-gohida qo‘shilardi, xolos. Jorjinyo hattoki, televizorda ham futbol tomosha qilmasdi. Shunday ekan, u katta turnirlar va ajib o‘yinlardan bahra olgan emas.

Ajoyib kunlardan birida barchasi birdaniga o‘zgaradi: maktab ma’muriyati 6 yoshli Jorjinyoni mahalliy iqtidorlar ko‘rigiga yuboradi.

Qarangki, futbol bilan nomigagina shug‘ullanayotgan bolakay o‘ziga xos tanlovda qat’iyati va kurashga chanqoqligini ko‘rsatib, Rotterdamning «Sparta» klubi maktabi murabbiylari nazariga tushadi. Mitti Jorj shunda ham o‘z salohiyatiga shubha bilan qarab, futbol bilan jiddiy shug‘ullanish masalasida ikkilanadi, bir to‘xtamga kelolmaydi. Nabirasini har yerda qo‘llab-quvvatlashga hoziru nozir turadigan Fransina xonim esa darhol o‘rtaga tushib, vaziyatga aralashadi. Ya’ni Jorjinyoga o‘zini ko‘rsatishi uchun ajo-yib imkoniyat tug‘ilganini yaxshilab tushuntiradi, dalda beradi.

Aytgancha, Veynaldumga bu borada ijobiy ta’sir o‘tkazgan yana bir kishi bor - vaqtida 6 yil Madridning «Real» klubida to‘p surgan, keyinchalik hattoki, Vladikavkaz «Alaniya»sida faoliyat yuritgan Royston Drente. Ikkisini yaqin qarindoshlik rishtalari bog‘lab turganini ham alohida ma’lumot sifatida keltirish joiz.

«Odatda yosh bolalar ko‘plab mashhur o‘yinchilarni bilishadi, ular tursalar ham, o‘tirsalar ham miyalarida faqat bitta narsa charx uradi - futbol, futbol, futbol..., - degandi Veynaldum Liverpool Echo jurnalistlari bilan suhbatda. - Biroq bu gaplar men haqimda emas. Zero, futbol tomosha qilgani stadionga bormasdim, hattoki, televizorda ham ko‘rmasdim. Xullas, 14 yoshga to‘lgach, «Feyenoord» tizimiga qo‘shilganimdan keyingina professional futbolchi bo‘lish xususida o‘ylay boshladim. Bunga qadar futbolning hayotiy kasbimga aylanishi xayolim chetiga ham kelmagandi».

Umuman, Jorjinyo barchasida mehribon buvisi madadiga tayanadi. Misol uchun, uning klubdagi mashg‘ulotlari ertalab soat 7da boshlanardi. Bu vaqtda shahar metrosi hali ishga tushirilmas, Fransina xonim ixtiyorida esa oddiy yengil avtomobil ham yo‘q edi. Xullas, serharakat buvi hattoki, qishda ham nabirasini yoniga olib, seksiya joyiga qadar chamasi 45 daqiqa yo‘l bosardi. Oddiy aytganda, u har kuni ertalab Jorjni qo‘lidan tutgancha 5 kilometr uzoqlikdagi mashg‘ulotlar maydoniga boshlardi.

«Buvijonimga alohida salom! Bugun aynan uning qattiqqo‘lligi, mehribonligi tufayli shu yerda turibman. Buvim vaqtida meni futbol seksiyasiga bermaganida, ehtimolki, ko‘chada bekorga sang‘ib yurib, bunday imkoniyatga ega bo‘lmasmidim... U meni futbolga yo‘naltirib, yomon yo‘llardan uzoqlashtirdi, - degandi Veynaldum 2015 yili Gollandiya Eredevizionining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni qo‘lga olar ekan. - Buvim hozir 84 yoshda, u hamisha mendan maktab darslarini qoldirmaslikni talab qilardi, shuning barobarida yana nima bilandir shug‘ullanishim zarurligini uqtirishdan sira charchamasdi. Eng asosiysi, u hamisha yonimda bo‘lib, bor kuchim bilan harakatlanishimga turtki berardi, ortga chekinishimga hech qachon yo‘l qo‘ymasdi».

Veynaldum 2016 yili «Liverpul» bilan shartnoma tuzib, o‘zi uchun begona shaharga ko‘chib kelganida ham, Fransina xonim uning yonida edi. Mehribon buvi nabirasi Liverpulga to‘liq moslashib olganidan keyingina ortga qaytdi. Endi Jorjinyo mahalliy superqahramon, 4:0 ko‘rinishidagi buyuk «kambek» aynan unga tegishli, axir...

Jorjinyo Veynaldum CHL tarixida yarim final o‘yinida zaxiradan maydonga tushib, «dubl» qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Gollandiyalik yarim himoyachi Mark-Andre ter Shtegenni o‘yinning 54 va 56-daqiqalarida ojiz qoldirdi. «Klopp meni zaxirada qoldirganini bilgach, ochig‘i, rosa jahlim chiqdi. Murabbiy esa uning uchun maxfiy qurolga aylanishimni aytib, ko‘nglimni ko‘tardi. Shu tariqa jamoaga qo‘ldan kelganicha yordam berishga urindim, 2ta gol urganimdan xursandman, albatta», - dedi Veynaldum o‘yindan keyin.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 12:07, 17.05.2019.
O'qildi: 4922 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.