Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘FA bayonoti: «Bunyodkor»ning golida ofsayd bor edi

O‘FA bayonoti: «Bunyodkor»ning golida ofsayd bor edi

Baho:
+ | -2
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bir necha daqiqa oldin “Lokomotiv” va “Bunyodkor” futbol klublari ishtirokidagi Toshkent derbisi o‘z yakuniga yetdi. O‘yinning so‘nggi soniyalarida “Bunyodkor” futbolchilari tomonidan urilgan gol o‘yindan tashqari holat deb baholanib, hisobga olinmadi. 

Mazkur holatda uchrashuvni bevosita stadiondan sharhlab borgan telekanal sharhlovchisi to‘p uzatilayotgan vaqtda o‘yindan tashqari holat yo‘q ekanini bir necha bor ta’kidladi. Vaziyat takroran ko‘rilganida ham futbol muxlislari gol kiritgan futbolchida o‘yindan tashqari holat yo‘q deb hisoblashi mumkin. Ammo futbolning zamonaviy qoidalariga ko‘ra mazkur vaziyat ofsayd deb hisoblanadi. 

IFAB qoidalarida keltirishicha, ofsayd holatida turgan futbolchi darvozabon harakatlanishi va nazorat qilishi mumkin bo‘lgan ko‘rish doirasini (obzor) to‘sib qo‘ygan bo‘lsa, garchi shu futbolchi to‘pga teginmagan taqdirida ham qanot hakami bayroqchasini ko‘tarishga haqli. Demak, bu vaziyatda derbida ishlagan laynsmen to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Ya’ni, to‘p “Bunyodkor”ning 3-raqamli futbolchisi Islom Qobilovga tegmagan bo‘lsa-da, uning harakatlanish nuqtasi hamda darvozabonning bu vaziyatdagi holatidan kelib chiqib, o‘yindan tashqari holatni e’lon qilish mumkin. Qisqa qilib tushuntirganda, mana shu nuqtada Islom Qobilov bo‘lmaganida darvozabonning harakati boshqacha bo‘lishi, u katta ehtimol bilan oldinga harakat qilishi mumkin edi. Biroq bu yerda 3-raqamli futbolchi darvozabonni chalg‘ituvchi obrazida namoyon bo‘ldi. 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar qo‘mitasi futbol muxlislaridan va ayniqsa futbol jurnalistlaridan fikr berayotganda shoshilmaslikni so‘raydi. Hakamlar qo‘mitasi bir necha kun avval sport jurnalistlari bilan erkin muloqotga tayyor ekanligini ko‘rsatishgandi. Ular, shuningdek, har bir holatni tahlil qilib berish uchun ham mas’uldirlar. Ko‘r-ko‘rona xato qilayotgan referilarga nisbatan choralar ko‘rilayotganini esa hamma ko‘rib, bilib turibdi. 

Tashkilot birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov yaqin yillar ichida O‘zbekistonga ham VAR tizimi kirib kelishi yo‘lida harakatlar borligini ta’kidlagandi. Bu kabi zamonaviy texnika vaziyatni qaytadan ko‘rish va shoshilmasdan xulosa chiqarish imkonini berishi mumkin. Ayni vaqtda esa futbol referilari har bir uchrashuvga mas’uliyat bilan yondoshishga harakat qilishyapti.

 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:28, 17.05.2019.
O'qildi: 5250 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.