Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Klod Pyuel: «Angliyada YECHL g‘olibini ham ishdan bo‘shatishlari mumkin»

Klod Pyuel: «Angliyada YECHL g‘olibini ham ishdan bo‘shatishlari mumkin»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Klod Pyuel deyarli uch yil Angliyada ishladi - dastlab «Sautgempton»da, so‘ngra «Lester»da. Har ikki klubdan iste’foga chiqarildi. Biroq fransiyalik mutaxassis L`Equipe nashriga bergan intervyusida barchasini to‘g‘ri qilgani, shunchaki Premyer-ligada vaziyat o‘zgargani - hatto Chempionlar Ligasida zafar quchgan murabbiyni ham bir zumda ishdan bo‘shatishlari mumkinligini ta’kidladi.

- Yaqinda (2019 yil 24 fevral) «Lester» sizni iste’foga chiqardi. Bu borada qanday fikrdasiz?

- Ishimiz shunaqa. Yangi jamoaga kelganingda, loyihani yurgizishni xohlaysan, ammo qarshingizdan turli muammolar chiqadi. Ba’zan esa rahbariyat qayd etilayotgan natijalar kutilganidan past ekanligini ta’kidlaydi. Premyer-ligada natija hamma narsadan ustun, jamoani dastlab shakllantirib olish kerakligi e’tibordan chetda qoladi. «Lester» bazaviy masalalarda o‘zgarishlarga muhtoj edi. Biroq murabbiy shunday o‘ylaganda, rahbariyat va futbolchilar uning fikriga qo‘shilishadimi? Hamma gap shunda.

- Ayrim o‘yinchilar (Vardi, Shmeyxel, Morgan) sizga qarshi chiqishgani yakuniy qarorga ta’sir o‘tkazdi, deb o‘ylaysizmi?

- Jamoaga 2017 yilning oktyabrida kelgandim, ular esa mavsum-2015|2016da chempion bo‘lishgandi. Bu o‘ziga xos sensasiya edi. Boz ustiga, o‘zgacha uslubda muvaffaqiyat qozonishgandi: chuqur himoya, tezkor qarshi hujumlar, to‘pni nazorat qilish... Ammo raqiblar bu uslubni o‘rganib olishgach, muammolar boshlandi. Deylik, «Lester» himoyaviy o‘yin ko‘rsatadigan raqiblariga qarshi hech narsa qilolmadi. Jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yish, muayyan futbolchilar o‘yiniga o‘zgartirish kiritish ehtiyoji tug‘ildi. Pozision hujumlar yo‘q edi, to‘p nazorati yo‘qolgandi. Aynan shu jihatlar bo‘yi-cha ishladik. Albatta, norozilar yo‘q emasdi. Lekin «Sautgempton» (mavsum-2016|2017), «Nissa» (2012-2016) va «Lill»da (2002-2008) shu kabi mojarolarga duch kelganman, bilgan holda ularga peshvoz chiqqanman. O‘zgarishlarga muhtoj jamoalarga keldim, o‘z ishimni bajardim va uyalishga arziydigan natijalarga erishmadim. Ma’lum bir uslubga o‘rganib qolgan faxriylar yangiliklarga qarshi chiqishlari turgan gap. Ammo murabbiy, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z fikrida qolishi lozim. «Lester»da qilgan ishlarimdan mamnunman. Tarkibni yoshartirish kerak edi. Hozir APLda futbolchilarining o‘rtacha yoshi «Lester»nikidan pastroq bo‘lgan bitta jamoa bor, xolos. Bu yoshlarning kelajagi porloq.

- Sizning ketishingizga futbolchilar sababchi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

- Odamlarning odatiy hayot tarzini o‘zgartirishga urinsangiz, ularning miyasiga yangi g‘oyalar kiritsangiz, yangi vazifalar belgilasangiz, albatta, keskinlik vujudga keladi. Ammo ketganimdan so‘ng futbolchilardan 15ta xat keldi, buni aynan o‘sha yigitlardan kutmagandim. Ayni payt Angliya milliy va yoshlar jamoasida o‘ynayotgan yoshlar bilan munosabatim yaxshi edi. Umuman olganda, natijalar u qadar yomon emasdi: 7-o‘rinda borayotgandik. Hammasi yaxshi ketayotgandi, ammo prezident vafot etdi (2018 yilning 28 oktyabr kuni vertolyotda halokatga uchragan). Yettinchi pog‘ona - hozircha bu jamoa uchun maksimum.

- Tuzilmada ham o‘zgarishlar qilishga urindingiz - xorijlik murabbiy uchun bu tavakkal emasmi?

- Nima aloqasi bor? Hamma ko‘proq ochko to‘plashni xohlaydi, bu tushunarli. Biroq pulingiz ko‘p bo‘lmay turib, yetakchi klublarga munosib raqobat tug‘dirish ehtiyoji tug‘ilsa, jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli bo‘lishiga qaramay, nazardan chetda qolayotgan yigitlarni topishga to‘g‘ri keladi. «Lester»da aynan shunday qildim va ishonchim komilki, kelajakda bu ajoyib jamoa bo‘ladi.

- Ingliz tilini yaxshi bilmay turib Premyer-ligada ish boshladingiz. Balki bu sizning ziyoningizga ishlagandir?

- Dastlab «Sautgempton»da ish boshlaganimda (2016 yilning iyunida), darhaqiqat, qiyin bo‘lgan. Fikrimni futbolchilarga yetkazish uchun so‘z topolmasdim. Ammo vaqt o‘tib til o‘rgandim va «Lester»da bu borada muammoga yo‘liqmadim. Aniqrog‘i, o‘zim uchun kerakli bo‘lgan so‘zlarni yod oldim. Aslida, albatta, ona tilingiz bilan ishlash osonroq.

- Sizning iste’foingizdan ke-yin Premyer-ligada boshqa fransiyalik murabbiy qolmadi. Bu fransuz murabbiylarining fikri inqirozga uchraganidan dalolatmi?

- Vaziyat o‘zgardi - raqobat kuchli. Aksariyat klublar xorijlik badavlat kishilar tomonidan sotib olindi, endilikda murabbiydan nafaqat malakali bo‘lish, balki xo‘jayinlar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish ham talab etiladi. Men uchun muhimi - faqat o‘z ishim: mashg‘ulotlar, futbolchilar bilan munosabat. Bugun Premyer-ligada faoliyat yuritish uchun o‘zingizni bag‘ishlashingiz, xorijiy tillarni o‘zlashtirish, matbuot bilan ishlashni bilish lozim.

- OAV sizning ishingizni noto‘g‘ri talqin qilgan yoki siz haqingizda kam yozgan, deb hisoblaysizmi?

- Fransiyada muvaffaqiyatli ishlaganim uchun «Sautgempton»ga taklif qilishgan, jamoalarim («Lill» va «Lion») Chempionlar Ligasida yomon qatnashishmadi, shogirdlarim o‘sishga erishishdi. Meni Angliya klubiga jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yishim uchun chaqirishdi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, bundan tashqari o‘z imidjingiz ustida ham ishlashingiz kerak ekan - shu tariqa muxlislar va matbuotda yorqin taassurot qoldirarkansiz.

- «Sautgempton» va «Lester»dagi loyihalaringiz kutilgan natijalarni bermagani ranjitsa kerak?

- Lekin Premyer-ligada bir yil ishlash ham ajoyib ko‘rsatkich. Konte «Chelsi»ga (2016 yil) yuqori natijalarga erishgan mutaxassis sifatida tashrif buyurdi - Italiya termasiga ustozlik qildi, «Chelsi» u bilan APL chempionligini nishonladi (2017), mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi (2018) - ammo baribir ishdan bo‘shatishdi (2018 yilning iyulida)! Manuel Pellegrini ham «Manchester Siti»da xuddi shunday holatga tushgandi. O‘rtaga katta narsalar qo‘-yilgan. Chempionlar Ligasida zafar quchsangiz ham sizni iste’foga chiqarishlari mumkin. O‘yin qoidalari shunaqa. Qatorasiga uchta mag‘lubiyatdan so‘ng klub egalarining senga nisbatan munosabati o‘zgaradi. Ularga darhol natija va ochkolarga erishish zarur, o‘sha natija nimaning hisobiga keladi, jamoani qanday tayyorlash kerak - qizig‘i yo‘q. Muammo aynan shunda - murabbiy kelajakka qarab ish tutadi, ochkolar esa hoziroq darkor. Nima qilsa bo‘ladi? Angliya chempionatidagi murabbiylar ahvoliga nazar soling. Faqat Klopp va Gvardiola kelajaklari borasida xavotirlanishmasa bo‘laveradi. Qolganlarni, hatto mashhurlarini ham istalgan paytda bo‘shatishlari mumkin.

- Nima deb o‘ylaysiz, Angliyada yaxshi reytingga ega bo‘ldingizmi?

- Matbuot bilan munosabatlarim yaxshi edi, deyarli barchalari jamoada nima qilmoqchiligim xususida to‘g‘ri ma’lumotlar yozishdi. Hamkasblarim bilan ham aloqalarimiz yomon emasdi. Yetakchi klublarni mag‘lubiyatga uchratganimizda («Lester» bu mavsum Pyuel boshchiligida «Chelsi»ni 1:0, «Manchester Siti»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi), ularning murabbiylari meni maqtashdi, ayrim klublar prezidentlari bizning jamoada ro‘y berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishganidan xabardorman. Mening qo‘l ostimda keyinchalik milliy termaga yordami tegishi mumkin bo‘lgan angliyalik yosh yigitlar to‘p surishdi.

- Ikkita urinish o‘xshamaganidan keyin yana Premyer-ligaga qaytishga harakat qilasizmi?

- «O‘xshamadi» degan fikringizga qo‘shilmayman! Hozircha qayerda ishlashimni bilmayman, ammo Yevropada qolishim aniq. Albatta, «Bu murabbiy «Sautgempton» va «Lester»da nimani qoyillatdi? U yerda nimalarni o‘zgartirdi?» degan fikr paydo bo‘lishi mumkin. Biroq ko‘plab mahoratli futbolchilarga ega «Manchester Siti» yoki «Tottenxem»da faoliyat boshlash bosh-qa, mening klublarimdagi ish boshqa. Ular asosan yuqoridan yo‘llanadigan uzatmalar orqali o‘ynashsa nima qilish kerak? O‘rtamiyonalar qatorida yurishni istamasangiz, to‘pni yerda ushlashni o‘rganish lozim.

- Qaysidir klublardan takliflar bo‘ldimi?

- Ha, turnir jadvalining (APL) quyi qismidagi klublardan. Ammo mavsum yakunlanayotganda bunday ishga qo‘l urishim to‘g‘ri bo‘ladimi? Daromadli takliflar tushdi, ammo men uchun pul emas, jamoa darajasi muhimroq. Qo‘l ostimdagi klub Chempionlar Ligasida qatnashishini xohlayman.

- Ishingizni xorijda davom ettirish ma’qulmi?

- Albatta, chet elda ishlash yaxshi, ammo til o‘rganish kerak. Eng yaxshi variant - Angliya yoki Ispaniya. Fransiya chempionatiga kelsak, u yerda takliflar hozircha yo‘q. Ammo shoshmayman, bir-ikki oy kutaman, Monako yaqinidagi uyimda dam olaman.

- Darvoqe, «Monako» haqida. Siz qachonlardir (1999-2001) bu jamoani boshqargansiz. Tyerri Anrining mazkur klubdagi ishiga (2018 yil oktyabrdan 2019 yil yanvargacha) qanday baho berasiz?

- Dastlabki urinishi o‘xshamadi, ammo bu katta tajriba maktabi bo‘ldi. Umid qilamanki, tezda o‘ziga kelib, yangi ish boshlaydi - axir Anri nafsoniyati kuchli odam. Murabbiydan xuddi shunday bo‘lish talab etiladi. Albatta, o‘ta murakkab vaziyatda yangi mutaxassisni tayinlash tavakkal edi. Tyerri «jon» saqlash uchun kurashadigan holatga tushmagandi. Jarohatlanganlar bisyor, asosiy pozisiyalarga qo‘yadigan o‘yin-chilar kam, futbolchilarning kayfiyati buzuq. Hammasi unga qarshi edi. Hozir esa «Monako»da mutlaqo o‘zgacha holat hukmron... Tyerriga shunchaki omad yetishmadi.

- Balki shu ishga kirishmagani ma’qulmidi?

- Tavakkal qildi - bu «ruletka» o‘yiniga o‘xshaydi. «Monako» har holda mashhur klub, Anri keyingi mavsumgacha qolib, shunga ko‘ra ish yuritmoqchiydi. Buning uchun vaziyatni tezda o‘nglash kerak. Ammo nimaning hisobiga? Rahbarlar esa, uni taklif etishdimi, ishlashiga yo‘l qo‘yib berishlari lozim edi.

- Yaqinda Patrik Viyeyra bilan uchrashdingiz - uning «Nissa»dagi murabbiylik debyuti muvaffaqiyatli chiqdi, desak bo‘ladi...

- O‘ylashimcha, u to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Klub yaxshi, unga ishonishadi. Jamoa tarkibi yoshlardan tuzilgan, ular yordamida ajoyib o‘yinni yo‘lga qo‘yish mumkin. Mabodo, muammo tug‘ilsa ham u qisqa muddatda bartaraf bo‘ladi. Boz ustiga, Patrik og‘ir-bosiq yigit, o‘ziga ishonchi yuqori. Yoshlar jamoasida («Manchester Siti», 2011-2015) ish boshlab to‘g‘ri qildi, AQSHda («Nyu-York Siti», 2016-2018) faoliyat yuritdi. «Nissa»da esa jamoa Viyeyraga yaqin bo‘lgan futbol o‘ynashga odatlangan. Men (Pyuel 2012-2016 yillar mobaynida «Nissa»da ishlagan) va Lyusyen (Favr 2016-2018 yillarda «Nissa»da ishlagan)dan keyin Patrikning taklif etilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ldi - u ham xuddi shunday futbol falsafasiga ega. O‘ylashimcha, u yerda yana ikki mavsum ishlaydi, so‘ngra uni mashhurroq klubga taklif etishadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:57, 22.05.2019.
O'qildi: 2889 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.