Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Gvardiolaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan uchta nomzod nomi ma’lum bo‘ldi

Gvardiolaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan uchta nomzod nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, Pep Gvardiola 2025 yilning yozida "Manchester Siti"ni tark etish haqida o‘ylamoqda. "Shaharliklar" bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan ispaniyalik murabbiy o‘z faoliyatida yangi imkoniyatlar o‘rganmoqchi.

Gvardiola "Manchester Siti"da o‘chmas iz qoldirdi va klub tarixida ilk bor 5 marta Premyer-liga va Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi. Uning ta’siri jamoani Yevropa futbolidagi kuchli klubga aylantirdi. Biroq, 2025 yilda ketish g‘oyasi uning boshida allaqachon mavjud va klub uning merosxo‘rligi borasida hech narsani tasodifga qoldirmoqchi emas.

"Manchester Siti" Gvardiola ketganidan so‘ng zaxira o‘rindig‘ini egallash uchun uchta nomzodni ko‘rib chiqmoqda.

Birinchisi, “Manchester Siti”da Gvardiolaning yordamchisi bo‘lgan italiyalik yosh murabbiy Enso Mareska. Mareska yaqinda "Lester" bilan muvaffaqiyatga erishdi va jamoani Premyer-ligaga chiqdi.

Ro‘yxatdagi yana bir ism - "Jirona"ning ispaniyalik murabbiyi Michel. Michel Kataloniya jamoasini keyingi Chempionlar Ligasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchinchi nomzod - Germaniyaning hozirgi murabbiyi va jahon futbolidagi eng umidli yosh murabbiylardan biri sanalgan Yulian Nagelsmann. Nagelsmann Germaniya terma jamoasini boshqarishdan oldin "Bavariya"ni boshqargan va uning innovasion taktik sifatidagi obro‘si uni "Manchester Siti" uchun jozibali variantga aylantiradi.

Kiritildi: 17:46, 17.05.2024.
O'qildi: 6531 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.