Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Ruslan Nuriddinov London Olimpiadasida antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi

Ruslan Nuriddinov London Olimpiadasida antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi

Baho:
+ | -

Sport arbitraj sudining (CAS ADD) Dopingga qarshi kurash bo‘limi O‘zbekistonvakili Ruslan Nuriddinovni 2012 yilgi London Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topdi. Bu haqda R-sport xabar bermoqda.

Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) dekabr oyida Xalqaro olimpiyaqo‘mitasi (XOQ) tomonidan sportchilarning doping namunalari qayta tekshirilganidan so‘ng Nuriddinov chetlashtirilgani to‘g‘risida xabar qildi. Xabarda ta’kidlanishicha, Nuriddinovning tahlil namunasida degidroxlormetiltestosteron aniqlangan.

Aprel oyida XOQ ishni CAS’ning dopingga qarshi kurashish bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun topshirdi. Ishni ko‘rib chiqqan mutaxassis sportchi antidoping qoidalarini buzgan, degan xulosa keldi hamda uning Londondagi o‘yinlarda qayd etgan natijasini bekor qildi. Qayd etilishicha, ish keyingi surishtiruvni amalga oshirish uchun IWF’ga beriladi.

Nuriddinov London Olimpiadasida 105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarda u oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 10:26, 28.05.2019.
O'qildi: 8441 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик