Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya - Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR - Eron
14/11 19:00 Bahrayn - Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt - Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon - Falastin
14/11 21:15 Iroq - Iordaniya
14/11 21:15 Qatar - O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA - Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«Aleksandr ti nasha nadejda!» Xomyakov Andijonda munosib kutib olindi

«Aleksandr ti nasha nadejda!» Xomyakov Andijonda munosib kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun Andijon shahridagi “Sog‘lom Avlod” stadionida “Andijon” jamoasining yangi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovni kutib olib marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aleksandr Andreevichni “Andijon” futbol klubi bosh direktori Ma’rufjon Abdisalomov, Andijon viloyati futbol assosiasiya vise-prezidenti Bekzod Karimov, viloyat sport qo‘mitasi rahbariyati va bir qator futbolga oid insonlar kutib olishdi.

Shundan so‘ng, Aleksandr Xomyakov “Sog‘lom Avlod” stadioni maydoniga chiqib keldi va fan-klubning yetakchi vakillari va muxlislar qarsaklari ostida munosib kutib olindi hamda yangi bosh murabbiyga zarbof to‘n va milliy do‘ppi kiydirildi.

Tanishtirish marosimi yakuniga yetganidan so‘ng, Aleksandr Xomyakov va klub bosh direktori Ma’rufjon Abdisalomov ishtirokida matbuot anjumani va muxlislar bilan uchrashuv tashkil etildi.

-      Avvalo, meni munosib kutib olganinglar uchun Siz muxlislarga rahmat aytaman. Qolaversa, meni “Andijon” jamoasiga kelishimda muhim rol o‘ynagan Ma’rufjon Jamoldinovichga hamda menga ishonch bildirgani uchun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman” –dedi Aleksandr Andreevich.

-      Jamoani qiyin ahvolda qabul qilib olyapsiz, bu Sizga qiyinchilik tug‘dirmaydimi?

-      Jamoaning ahvolini qiyin demagan bo‘lardim. Chunki, chempionat taqvimiga nazar tashlasangiz “Andijon” o‘zi uchun yetarli ochkolarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Demoqchi bo‘lganim shuki, hamma narsa o‘z qo‘limizda. Biz – rahbariyat, murabbiylar shtabi, futbolchilar va Siz aziz muxlislar birgalikda ahil bo‘lib ishlasak, albatta oldimizga qo‘yilgan vazifani bemalol bajaramiz.

-      Siz “Andijon”ga kelganingizni yaxshi bilib turibsiz. Lekin, Andijon qanday shahar ekanligini tasavvur qilib ko‘rdingizmi?

-      Taasurootlar bir olam. Avvalo viloyatda olib borilayotgan ishlarni ko‘rib insonni ko‘zi quvnaydi. Kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. Albatta bu mehnatlar tepasida viloyatingiz hokimi Shuhratbek Abdurahmonov turgani hech kimga sir emas. Viloyatda futbolga berilayotgan e’tibor esa kishini havasini keltiradi. Yangi stadion, viloyat rahbariyatining beg‘araz yordami va har bir uchrashuvda stadionga tashrif buyuradigan 10-15 ming nafar muxlislarning bizni olqishlashi... Bularni hammasini sezib turibman. Bunday muhitda faqat va faqat ishlash kerak, xolos.

-      Sizni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis deb bilamiz. “Andijon”da ham bolalar futbol akademiyasiga alohida e’tibor qaratasizmi?

-      Albatta. Akademiyasiz natijaga erishib bo‘lmaydi. Andijon viloyatida iqtidorli bolalar juda ko‘p deb bilaman. Klub rahbariyatiga akademiya bo‘yicha o‘z maslahatlarimni berishga va ular bilan maslahatlashib ish yuritishga harakat qilaman. Lekin, bir narsani unutmaslik kerak. Akademiya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Bu katta mehnat talab qiladi. Futbol akademiyasi tashkil qilingani bilan ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, ko‘zlangan maqsadga yeta olmaysiz.

-      (M. Abdisalomov): Aslida akademiya haqidagi savol ko‘proq klub rahbariyatiga bog‘liq edi. Sizlarga bir narsani aytib o‘tmoqchiman. Aleksandr Xomyakovni izlanuvchan, yangiliklarni yaratishga harakat qiladigan, tajribali, yoshlar bilan ishlashni xush ko‘radigan va akademiyaga ko‘proq urg‘u beradigan murabbiy bo‘lganligi sababli jamoamizga taklif etdik. Bu insonni Andijonga olib kelishni o‘zi oson bo‘lmadi. Chunki, uning xizmatlariga mamlakatimizning bir nechta jamoalari qiziqish bildirayotgandi. Viloyatimiz hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning tashabbusi bilan Aleksandr Andreevichni jamoamizga olib keldi. Akademiya haqida gapiradigan bo‘lsam, “Bunyodkor”, “Nasaf” jamoalarining hozirgi kundagi tarkibiga ahamiyat bering. Aytarli atrofdan futbolchi olishmagan. Deyarli barchasi o‘zlarining akademiyasi tarbiyalanuvchilari. Biroq, akademiya o‘z mevasini tezda bermaydi. Uning uchun katta mehnat talab etiladi. Shu boisdan, biz bor kuchimiz bilan viloyatimizdagi iqtidorli futbolchilarni boshqa viloyatdagi akademiyalarga ketib qolmasdan, o‘zimizning viloyatimizda tahsil olishlari va yetuk futbolchilar bo‘lib yetishib chiqishida izlanishlar olib boramiz. Bunda bizga Aleksandr Xomyakovning tajribasi asqotadi.

-      Jamoaning o‘yin uslubini va tarkibini o‘zgartirasizmi?

-      Yo‘q, u darajada sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Sababi, bunga vaqt yo‘q. Birinchi davradan keyin dam olish kunlari atigi 15 kun. Bu murabbiy nimanidir tadbiq qilish uchun juda qisqa vaqt. Shu bois tavakkalchilikka qo‘l urmoqchi emasman.

-      Hozirgi kunga kelib Sizning qo‘l ostingizda o‘ynagan bir qator futbolchilar mamlakatimizning turli yoshdagi terma jamoalari o‘ynashmoqda. Andijon viloyatidan ham kelajakda shunday futbolchilar yetishib chiqishiga ishonasizmi?

-      Tan olib aytaman, menga mahalliy futbolchilar bilan ishlash yoqadi. “Andijon” tarkibiga ham nazar tashlasangiz jamoaning aksariyat futbolchilari mahalliy futbolchilar. O‘z viloyati sharafini himoya qilayotgan futbolchining g‘ururi kuchli bo‘ladi. U o‘z viloyatini, o‘z shahrini, o‘z mahallasini, o‘z uyini himoya qiladi. Hadeb yutqazaversa, mahallada qo‘shnilar, shahardagi tanishlaridan oriyat qilgani uchun ham jonini berib o‘ynaydi. Asta-sekinlik bilan mahalliy futbolchilarga bo‘lgan e’tiborni oshirib boraveramiz.

-      Murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ladimi?

-      M. Abdisalomov: Yo‘q. Xomyakovga katta murabbiy sifatida Jamshid Saidov, yordamchi murabbiy sifatida Diyor Mirzaahmedovlar yordam berishadi. Qolaversa, Andijon futbolining tirik afsonalaridan biri Bahtiyor Hamidullayev ham yaxshi murabbiy bo‘lib yetishib chiqmoqda. Yoshlar birinchiligidagi ko‘rsatayotgan natijasi so‘zimga yaqqol dalil bo‘ladi oladi. Darvozabonlar bilan esa Qobil Olimjonov ishlashda davom etadi.

Shundan so‘ng, “Andijon” fan-klubi yetakchisi Nodirbek To‘ychiyev so‘zga chiqdi. “Shu kungacha Sizdan tashqari bir qator legioner murabbiylar ishlab ketgan. Biz hozirgacha ularni ijobiy fikrlar bilan eslaymiz. Masalan Aleksandr Averyanov, Sergey Shevchenko. Tilagim shuki, Siz ham qachonlardir “Andijon”dan ketganingizdan keyin Sizni ham yuqorida nomlari tilga olib o‘tilgan murabbiylar kabi ijobiy xotiralar bilan eslab yuraylik. Biz Sizni va qo‘l ostingizdagi futbolchilarni tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turishga va’da beramiz” –dedi.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” jamoasi futbolchilari 6 iyun kuni Andijon shahridagi sport qarorgohlarida yig‘ilishadi va 15 iyun kuni Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlashadi.

“Andijon” FK matbuot xizmati

Kiritildi: 00:11, 05.06.2019.
O'qildi: 5338 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.