Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

MOQ ishlab chiqqan Tokio-2020 “yo‘l xaritasi” dasturining namoyishi o‘tkazildi

MOQ ishlab chiqqan Tokio-2020 “yo‘l xaritasi” dasturining namoyishi o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” dasturining namoyishi o‘tkazildi. Uni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov ochib berib, Olimpiadaga olib borilayotgan tayyorgarlik borasida o‘z fikrlarini bildirdi. So‘z boshida R.SHoabdurahmonov MOQga yangi saylangan vise-prezidentlar S.Polatov va A.Kamilovni barchaga tanishtirib o‘tdi.

Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik juda ham qizg‘in kechmoqda. Biz ishlab chiqqan reja har tomonlama qamrab olingan. To‘g‘ri vaqtimiz juda ziq, shu boisdan bor e’tiborimiz hozirda Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlikka qaratilgan. Qolaversa, federasiyalarga yangi, zamonaviy sport bazalarini qurish bo‘yicha ham dastlabki qadamni tashlayapmiz. Bir necha kun ichida Toshkent viloyatidagi Xojikent maskanida og‘ir atletikachilar uchun yangi baza qurilishi boshlanadi. Yil davomida velosport va o‘q otish sporti federasiyalari uchun ham zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan bazalarga tamal toshlari qo‘yiladi. Albatta, bu borada bizga e’tibor qaratayotgan hukumatimizga alohida rahmat aytib qolaman. Bularning barchasi sportchilarimizni Olimpiadaga tayyorlashdan tashqari, avvalo, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida olimpizm g‘oyalarini ilgari surish maqsadida qilinyapti”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, federasiya vakillari, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amali markazi rahbarlari, tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, oldinda turgan vazifalar yuzasidan atrofilicha ma’lumot berishdi.

“Yo‘l xaritasi” doirasida sport turlari bo‘yicha Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashayotgan atletlarimiz, ularning saralash va Tokio-2020dagi asosiy raqiblari individual tarzda o‘rganilayotgani, sport turlariga qarab terma jamoa vakillarining ovqatlanish rasioni, vitaminlar bilan ta’minlash va farmokologik vositalar berilishi kerakligi tushuntirib o‘tildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:01, 20.06.2019.
O'qildi: 2090 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.