Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Neymar Argentinaga qarshi uchrashuv oldidan nimalar dedi?

Neymar Argentinaga qarshi uchrashuv oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -

«Kopa Amerika» musobaqasi yarim final uchrashuvi doirasida Argentina va Braziliya terma jamoalari to‘qnash kelishidan xabaringiz bor. O‘yin oldidan Argentina va Braziliya terma jamoasi futbolchilari uchrashuvda kim fovorit ekanligi borasida kichik intervyular berishdi. Bugun aynan shu intervyularni saytimiz mushtariylari  uchun tarjima qildik.

Tite

To‘g‘risi, Paragvayga qarshi uchrashuvdan so‘ng asablarim juda charchadi.  Og‘ir o‘tgan uchrashuvda haqli g‘alaba qozondik deb o‘ylayman. Yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Yevropadagi og‘ir mavsumdan so‘ng terma jamoa safida ikki hissa kuch bilan harakat qilishmoqda. Ular bilan faxrlanaman. Argentinga qarshi bahs oldidan ruhan o‘yinga tayyor  bo‘lishimiz zarur. Bunday uchrashuvda jismonan emas, ruhan kuchli terma jamoalar g‘alaba qozonadi. Biz ularning Venisuelaga qarshi o‘yinlarini kuzatdik. Tan olish zarur, jamoa anchagina shakillanib bormoqda. Shunday bo‘lsada, bu qit’a chempiontida g‘oliblikni hech kimga bermaslik uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Koutinyo

Birinchi navbatda terma jamoada to‘p surayotganim bilan faxrlanishimni ta’kidlab o‘tmoqchiman. Shunday kuchli futbolchilar bilan bir jamoada to‘p surish chinakam baxt. Biz mutloq g‘oliblik uchun kurashamiz. Argentinaga qarshi uchrashuvda maydonga tushish men uchun katta sharaf.  Mening Vatanimdagi istalgan bolakayning orzusini so‘ransangiz faqat bir xil javob olasiz. Ular «terma jamoa libosida maydonga bir bor tushish», -  deb javob qaytaradi.

Artur

Hozirda mashg‘ulotlarga zo‘r beryapmiz. Bizni o‘ta muhim uchrashuv kutib turgan bo‘lsada, yigitlarda hayajon yo‘q. Bizni qandaydir hotirjamlik qamrab olgandek. Eng muhimi ularga qarshi uchrashuvda sarosimaga tushmaslik. Qolgan barcha ishni maydonning o‘zida to‘g‘irlasa bo‘ladi.
Men Messi bilan bir jamoada to‘p surishim bilan faxrlanaman. U buyuk futbolchi. Shunday bo‘lsada, mana endi unga qarshi maydonda harakat qilishim zarur. Bu men uchun katta tajriba maktabi bo‘ladi.

Firminyo

Men bunday turnirning yarim finaliga qadar yetib kelganimizdan mamnunman. Shunday bo‘lsada, bor e’tiborimizni yarim finalga qaratishimiz darkor! Bizni yarim finalda juda asabiy o‘yin kutmoqda. Bu uchrashuv janubiy Amerika klassikasi. Bunday bahslarda muxlislar tomonidan yaratiladigan atmosfera kishini quvontirmay qo‘ymaydi. Qandaydir bir oy ichida men Messi bilan 2-bor yarim finalda to‘qnash kelmoqdaman. Umid qilaman-ki, bu safar ham mening jamoam uni mag‘lubiyatga uchratib finalga chiqadi va g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

Neymar

Men bu musobaqada Argentina bilan to‘qnash kelishimizni kutgan edim. Shunday ham bo‘ldi. Argentina musobaqa boshida biroz oqsagan bo‘lsada, hamma muammolarni o‘z vaqtida hal qilishni uddasidan chiqdi va yarim finalga qadar yetib kedi. To‘g‘ri, ularning safida Messi bor, lekin bu Argentina o‘z tarixidagi eng kuchsizlaridan biri. O‘z yurtimizda bo‘layotgan musobaqada Argentinaga mag‘lubiyatga uchrashga haqqimiz yo‘q. Bu o‘ta alamli mag‘lubiyat bo‘lishi mumkin. Shu sababli bu uchrashuvda qanday yo‘l bilan bo‘lsada g‘olib chiqishimiz shart. Men yigitlarga ishonaman, ular finalga chiqish uchun Argentinadan ko‘ra ko‘proq imkonga ega. Ular safida Messi harakat qilsada, hozirgi Braziliya Argentinani osonlik bilan mag‘lubiyatga uchrata olishiga ishonaman.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 22:37, 30.06.2019.
O'qildi: 18452 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.