Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ushbu rukndagi yangi xabarlarni taqdim etishda davom etamiz.

«Manchester Siti» italiyalik himoyachiga qiziqib qoldi

«Sportitaliya» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra «Yuventus» klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi «Manchester Siti» klubiga o‘tishi mumkin. Futbolchining o‘zi jamoada asosiy tarkibda maydonga tushishni istamoqda. Klub esa, gollandiyalik De Ligtni harid qilishga yaqin turibdi. Agarda «Ayaks» futbolchisi «Yuve»ga o‘tadigan bo‘lsa, Bonuchchi zahira o‘yinchisiga aylanib qolishi mumkin. Futbolchining o‘zi istalgan taklifni atroflicha o‘ylab chiqishga rozi ekanligini bildirgan.
Himoyachining tahminiy transfer qiymati 40 million atrofida baholanmoqda. Uning hizmatlari bilan «shaharliklar» ustozi Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqib qoldi. «Gvardiola Leonardo Bonuchchini klubni tark etgan Kompaniyning o‘rnini bosishidan umidvor», -  deb xabar bermoqda «sportitaliya» nashri.

«Barselona» yangi yulduzni harid qilmoqchi!

Katoloniya super klubi yozgi transfer mavsumidan unumli foydalanib qolishi mumkin. Ularning nishonida «Inter» klubi hujumchisi Lautar Martinez turibdi. «Barselona» futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligini inobatga olib, rad etib bo‘lmas taklif bilan Italiya klubiga murojaat qilmoqchi. «La Red»  nashrining xabar berishicha, Katoloniya klubi 21 yoshlik futbolchi uchun 112 million yevro taklif qilmoqchi.
Antonio Konte o‘z jamoasiga Djeko, Lukaku singari xujumchilarni taklif etayotgan bo‘lsada, yosh iqtidorli futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas. Tomonlar muzokalarni tez orada boshlashadi.

«Milan» Sebalosni qo‘lga kiritish fikridan qaytmayapti

Milan shahrining «Milan» klubi «Real Madrid» jamoasi futbolchisi sanaladigan Sebalosning transferi borasida muzokaralarga kirishdi. «Le Gazzeta Della Sport»  nashrining xabar berishicha, «Milan» ispaniyalik futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan 1 yilga ijaraga oladi. Unga ko‘ra, futbolchi uchun «Milan» 6-8 million yevro atrofida maosh to‘laydi va ijara so‘ngida futbolchini 32 million yevroga sotib olishi mumkin. Tomonlar shartnomaning ayrim bandlari ustida muzokaralar olib borishmoqda.

Italiya klublari Veratu uchun kurashga kirishdi

«Fiorintina» klubi yarim himoyachisi sanladigan Djordan Veratu bir nechta top klublar e’tibor markazida turibdi. Bugun futbolchi uchun «Napoli» jamoasi 16 million yevro va ikki futbolchisini taklif qildi. «Fiorintina» klubi bundan avval Rimning «Roma»si tomonidan tushgan taklifni ko‘rib chiqmagan bo‘lsada, «Napoli»ning transfer taklifini o‘ylab ko‘rishga qaror qildi. Agarda bu transfer amalga oshsa, «Napoli» futbolchilaridan Adama Unasa va Marko Roga «Fiorintina» o‘yinchisiga aylanadi.

Sulsher Dalotni qiyin ahvolda qoldirdi

«Manchester Yunayted» klubining norvegiyalik ustozi Sulsher o‘z shogirdi sanaladigan Diog Dalotga bu mavsumda asosiy tarkibdan umid qilmaslikni maslahat berdi.  U yangi mavsumda asosiy tarkibda Aaron Van-Bissaka to‘liq harakat qilishini, agarda jamoadan ketishni istasa uni hech kim ushlab qolmasligini tushuntirgan. Portugaliyalik futbolchi tez orada ijara asosida boshqa klub safiga borib qo‘shilsa, ajab emas.
Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» Dalotni o‘tgan mavsumda 18 million yevro evaziga harid qilishgan edi. Futbolchi yakunlangan mavsumda 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va darvozaga birorta ham gol kirita olmadi.

«Tottenhem» katta transfer arafasida

Londonning «Tottenhem» klubi «Lion» jamoasi yarim himoyachisi sanaladigan Ndombelening transferi borasida fransiya klubi bilan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra «shporlar» futbolchi uchun 63 million yevro to‘lashadi. Futbolchining o‘ziga esa 4 yillik shartnoma taklif qilinga. Ndombele jamoasini o‘zgaritishni juda istayotgani sababli shaxsiy shartnoma borasida klub va futbolchi tezda kelishuvga erishdi. Endilikda ikki klub o‘zaro futbolchining bonus pullari borasida bir to‘xtamga kelishsa bo‘lgani!

Kiritildi: 23:51, 30.06.2019.
O'qildi: 15999 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.