"Vilyarreal" himoyachisi Alvaro Gonsales Soberon faoliyatini Fransiya chempionatida o‘tkazadi.
Fransuz klubi futbolchi bilan bir yillik ijara shartnomasi imzoladi.
29-yoshli himoyachi "Marsel"da 3-raqam ostida o‘ynaydi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Gonsales La Ligada 33 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta gollik uzatma bergan.