Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
Quvonarlisi, -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sharofiddin Lutfullayev mazkur musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda Buyuk britaniyalik Eshli Makkenziga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini mag‘lub etishga erishdi.
Shu tariqa, dzyudochimiz Gran-pri turnirlaridagi beshinchi g‘olibligini qo‘lga kiritdi va Tokio olimpiada yo‘llanmasi uchun muhim bo‘lgan 700 reyting ochkosiga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Lutfullayev finalga qadar mo‘g‘ulistonlik Ariunbold Enxtayvan, sloveniyalik Matyaj Trbovich, turkmanistonlik Haqberdi Jumayev, qozog‘istonlik Dauren Syukenovni yengishga muvaffaq bo‘lgan edi.













