Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Davron Fayziyev: «Aybni o‘z bo‘ynimga olaman»

Davron Fayziyev: «Aybni o‘z bo‘ynimga olaman»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 14-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Dinamo» (4:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Davron Fayziyev ishtirok etdi.

- Bugungi uchrashuvdagi mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Chunki tarkib va taktika tanlashda xatoga yo‘l qo‘ydim. Shogirdlarimga ishonaman, bugun yomon o‘ynamadik, shunchaki biz gol ura olmadik, «Bunyodkor» o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshlash yoqimsiz albatta.

Hozir kimnidir ayblash noo‘rin, deb o‘ylayman. O‘tkazilgan gollarda darvozabonimiz emas himoya va yarim himoyachilarimizning aybi ko‘proq. Aytish kerak, bugun «Bunyodkor»ga nisbatan yomon o‘ynaganimiz yo‘q. Shunchaki, to‘pni bir-biriga uzatish bo‘yicha raqib bizdan tezroq harakat qildi. Ikkinchi bo‘limda gol urish uchun bizda ko‘proq imkoniyat bo‘ldi. Ammo foydalana olmadik.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 23:22, 27.07.2019.
O'qildi: 2934 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик