Bugun «Real» yarim himoyachisi Garet Beyl o‘zining transferini amalga oshirish uchun Xitoyga kelgani haqidagi video internetda tarqalgan edi.
Ammo bu noto‘g‘ri ma’lumot bo‘lib chiqdi. Bu video 2018 yilning mart oyida olingan bo‘lib, o‘shanda Beyl Uels terma jamoasi safida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish uchun Xitoyga tashrif buyurgan edi. Garet o‘sha o‘yinda "xet-trik"ga erishgan edi.