Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, "Roma" darvozaboni Robin Olsen Fransiya chempionatiga o‘tishga yaqin turibdi.
Shved darvozaboni yaqin orada "Monpelye" futbolchisiga aylanadi.
Tomonlar 29 yoshli futbolchini 7 mln yevro yevaziga sotib olish huquqi bilan 1,2 mln yevroga ijaraga olishga rozi bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Olsen "A" Seriyada 27 ta o‘yinda 40 ta gol o‘tkazib yuborgan.