Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Shohjahon Ergashev Toshkentdagi boks oqshomida ringga chiqadi. Afsonaviy Roy Jons kechada mehmon bo‘ladi

Shohjahon Ergashev Toshkentdagi boks oqshomida ringga chiqadi. Afsonaviy Roy Jons kechada mehmon bo‘ladi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Sentyabr oyining so‘ngida Toshkent katta professional boks kechasiga mezbonlik qilishi haqida xabar bergandik. Mazkur boks kechasi bo‘yicha bir qator yangiliklar ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston professional boks federasiyasi vakillarining GoSport.uz internet-nashriga ma’lum qilishicha, 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan mazkur boks kechasida professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.

Shuningdek, mazkur boks oqshomida beshta vazn toifasida ko‘p karra jahon chempioni afsonaviy Roy Jons (66-9, 47 KO) ham faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik yulduz bokschilar Fazliddin G‘oyibnazarov (7-1, 4 KO), Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO), Ulug‘bek Haqberdiyev (6-0, 4 KO), Sanjar Tursunov (1-0, 1 KO) Jamshidbek Najmiddinov (13-1, 10 KO) va boshqa bir qator bokschilar ringga chiqishi haqida ma’lum qilingandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 10:31, 31.08.2019.
O'qildi: 7018 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.