Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Yekaterinburg-2019. Ikki g‘alaba va dastlabki yo‘qotish

Yekaterinburg-2019. Ikki g‘alaba va dastlabki yo‘qotish

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining 2-bosqichga start berildi. Bugun o‘zbekistonlik uch nafar sportchi ringga ko‘tarildi. Ikki hamyurtimiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir bokschimiz imkoniyatni boy berdi.

Eng yengil vazn toifasi (52 kg.)da ishtirok etayotgan Shahobiddin Zoirov jahon chempionatining 1/16 finalida Dominikan Respublikasi vakili, kuchli bokschi, Panamerika o‘yinlari g‘olibi Rodrigo Martega qarshi jang qildi va g‘alaba qozondi  5:0. Vatandoshimiz nimchorak finalda qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi ringga ko‘tariladi.

-75 kg vaznli bokschimiz Fanat Qahramonov jahon chempionatining 1/16 finalida avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi jang qildi va qiyin o‘tgan bahsni 5:0 hisobida o‘z foydasiga hal qila oldi! Qahramonov chorak final yo‘llanmasi uchun braziliyalik Xebert da Konseysao bilan to‘qnash keladi.

-63 kg vaznli bokschimiz Elnur Abduraimov ushbu jahon chempionatidagi ikkinchi jangini amerikalik Keyshovn Devisga qarshi o‘tkazdi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 0:5. Shu tariqa, O‘zbekistonlik delegasiyasi jahon chempionatida dastlabki yo‘qotishga uchradi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:19, 14.09.2019.
O'qildi: 8080 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик