Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

YECHL. «F» guruhi. «Borussiya» penaltidan foydalana olmay, «Barselona» bilan durang o‘ynadi (videosharh)

YECHL. «F» guruhi. «Borussiya» penaltidan foydalana olmay, «Barselona» bilan durang o‘ynadi (videosharh)

Baho:
+1 | -

"O‘lim guruhi" nomini olgan "F" guruhida biroz avval "Inter" o‘z maydonida "Slaviya" bilan durang o‘ynagan edi. Shu bois, Dortmundning "Borussiya" klubi va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi guruhda peshqadamlikni o‘z qo‘liga olishi mumkin.

O‘yin boshida "ko‘k-anorranglilar" tashabbusni o‘z qo‘llarida ushlab turishdi, ammo mezbonlarning qarshi hujumlari xavfli bo‘ldi. Jumladan, Roys yakkama-yakka vaziyatda ter Shtegenni dog‘da qoldira olmadi. O‘yin ushbu futbolchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bilan yodda qoldi.

Ikkinchi bo‘limda dortmundliklar ma’lum muddat tashabbusga ega bo‘lishdi. Nelson Semeduning xatosi tufayli "Borussiya" penalti ishladi. Ammo Marko Roys bu safar ham "Barsa" posbonini dog‘da qoldira olmadi.

Ernesto Valverde 60-daqiqaga kelib maydonga Lionel Messi va Ivan Rakitichni tushirdi. Ammo bu holat kataloniyaliklarning o‘yiniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi.

Aksincha, zaxiradan maydonga tushgan Yulian Brandtning zarbasidan keyin to‘p "Barselona" darvozasi to‘siniga tegib qaytgan bo‘lsa, Roys tomonidan ikki marta yo‘llangan xavfli zarbalarni ter Shtegen bartaraf etdi.

Mazkur durang tufayli "F" guruhida barcha jamoalar o‘z hisoblariga 1 ochkodan yozib qo‘yishdi.

«F» guruhi, 1-tur
BORUSSIYA D Germaniya – BARSELONA Ispaniya - 0:0
Borussiya D – Byurki, Xakimi, Akandji, Xummels, Gerreyru, Vitsel, Dileyni, Azar (Brandt, 73), Roys, Sancho, Pako Alkaser (Bruun Larsen, 87).
Barselona – ter Stegen, Semedu, Pike, Langle, Alba (Serji Roberto, 40), Artur, Buskets (Rakitich, 60), de Yong, Fati (Messi, 59), Suares, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Dileyni (15), Azar (47), Pike (50), Semedu (55), Rakitich (70).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:36, 18.09.2019.
O'qildi: 8375 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик