Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Omadsiz Murabbiylar

Omadsiz Murabbiylar

Baho:
+ | -

Futbol olamida katta mashxurlikka erishgan futbolchilarning aksariyati o‘z faoliyatini tugatgach, murabbiylikda o‘zini sinab ko‘rishga urunadi. Ba’zilarda bu ajoyib tarzda amalga oshsa, ayrim futbolchilar «qovun tushurishadi»! Bugun murabbiylikda hech narsaga erisha olmagan sobiq  futbolchilar haqida so‘z boradi.

Diyego Maradona

O‘z vaqtida Argentinani jahon chempionatida g‘oliblik sari yetaklagan futbolchi, mana bir necha yillardan beri murabbiylik faoliyatini olib borayotgan bo‘lsada, aytarli hech qanday yutuqqa erisha olmadi.

Maradonna o‘zining ilk murabbiylik ishini uncha mashxur bo‘lmagan «Deportivo Mondia» jamoasida boshlagan bo‘lsada, sarguzasht uzoqqa cho‘zilmadi. Gap shundaki, qiziqqon Diyego klub rahbari bilan mushtlashib ketgan va jahl ustida o‘zining ilk murabbiylik ishidayoq janjalga o‘ralashib qoladi.

Keyinchalik «Rasing» jamoasida faoliyat olib brogan qahramonimiz omadsiz mavsumdan so‘ng, klub tomonidan iste’foga chiqariladi. Birin-ketin omadsizliklardan so‘ng, futbolchi bir necha yil katta futboldan dam olishga qaror qiladi.

 Keyinchalik 2008-yil boshida kutilmaganda OAV tomonidan Diyego Maradonaning Argentina terma jamoasi murabbiyi bo‘lgani haqidagi xabarlar tarqala boshlaydi. Eng qizig‘i shundaki, Maradonaning omadsiz mavsumlariga qaramasdan, muxlislar unga katta ishonch bildirishadi. Afsuski, bu safar ham Diyego chorak final ostonasida Germaniya terma jamoasidan tarsaki misol 4 ta golni qabul qilib oladi. O‘sha uchrashuvdagi mag‘lubiyat jamoaning so‘nggi 36 yildagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati sifatida yodda qoldi.

Keyinchalik qahramonimiz Meksika va BAA singari davlatlarda faoliyat olib brogan bo‘lsada, aytarli hech narsaga erisha olmadi. Shunday bo‘lsada, unga bo‘lgan talab juda yuqori. U qadar nomdor bo‘lmagan klublar aynan Diyegoning futbol olamidagi mashxurligi uchun ham katta maosh to‘lashga tayyor

Klarens Zeydorf

«Milan»ni Alegri tark etgach  uning o‘rni bo‘shab biroz muddatga bo‘shab qolganidan xabaringiz bor. Klub rahbarlari muxlislar yoqimtoyi sanaladigan «Milan» afsonasi Zeydorfni jamaoga bosh murabbiy etib tayinlanganida, barchaning undan umidi katta edi. Afsuski, gollandiyalik murabbiy shu qadar omadsiz start oladiki, 6 oydan so‘ng, ishdan olinadi. Undan so‘ng, Xitoyga yo‘l olgan murabbiy yana omadsizlikka uchraydi va biroz muddat ishsiz qolib ketadi. Keyinchalik Kamerun terma jamoasidagi nursiz o‘yinlardan so‘ng, yana iste’fo! Oradan ko‘p o‘tmay Zeydorf boshqargan bechora «Deportivo» «La Liga»dan «segunda»ga tushib ketadi...

Filippo Inzagi

2014-yilning yozida «Milan» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan qahramonimizdan muxlislarning umidi katta bo‘lgan bo‘lsada, Inzagi klub tarixidagi eng omadsiz mavsumlardan birini o‘tkazdi. U qo‘l ostidagi jamoa o‘sha yili chempionatni 10(!)-o‘rin bilan yakunladi va kubok o‘yinlarida ham o‘z yurishini erta yakunladi.

Keyinchalik murabbiylik faoliyatida burulish yasashga urungan Inzagi «Baloniya» klubida ham omadsizlik botqog‘iga botib qoladi. Ayniqsa, o‘z uyida A seriyaning eng so‘nggi pog‘onasida borayotga klubdan 4 ta javobsiz to‘p olib chiqqan «Bolonya» o‘sha oqshom o‘z murabbiyining iste’fosi haqida e’lon qiladi. Hozirda "Benuvento" klubida faoliyat olib borayotgan qahramonimiz o‘z futbolchilik davridagi kabi porlay olmasligini tushubib yetgan ko‘rinadi.

Tiyeri Anri

«Arsenal» va «Barselona» safidagi o‘yinlari bilan futbol ommasiga juda yaxshi tanish bo‘lgan futbolchi qanchalar istamasin kuchli muabbiy bo‘lishni uddalay olmadi. To‘g‘ri, u Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida omadli ish olib bordi, biroq o‘zining ilk jamoasida omadsizlikka uchradi. Cho‘kib borayotgan «Monako»ni qutqarish uchun (2018-yilning oktyabr oyida) jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan qahramonimiz, 20 ta uchrashuvning atigi 4 tasidagina g‘alaba qozondi va o‘ziga bo‘lgan grand klublardagi qiziqishni butkul «ko‘mib yubordi.» Anri boshqaruvidagi «Monako» YECHLdan chiqib ketgani yetmaganidek, ichki chempionatda so‘ngi o‘ringa ham tushib ketgani achinarli.

Aynan «Monako»dagi omadsiz mavsumdan so‘ng, futbolchiga birorta klub taklif bilan chiqmagan bo‘lsada, Anri bo‘sh kelmoqchi emas. U o‘zining oxirgi intervyularidan birida, o‘z murabbiylik faoliyatiga to‘xtalib  o‘tar ekan, istalgan klubda bo‘lsada, ishlagisi kelayotganini e’lon qildi. Afsuski, hozircha birorta klub uni o‘z safida ko‘rishni istamayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:13, 22.09.2019.
O'qildi: 4704 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.