Tuttomercatoweb nashrining xabariga ko‘ra, ukrainalik mutaxassis kecha Chempionlar ligasida "Atalanta" - "Shaxtyor" o‘yinidan keyin "Milan" rahbariyati vakillari Paolo Maldini va Zvonimir Boban bilan suhbatlashdi.
Ushbu uchrashuvda Shevchenko "Milan"ni boshqarishga tayyorligini ma’lum qildi, ammo ma’lum shartlar ostida.
45 yoshli ukrainalik futbolchi noyabr oyidan "Milan"da ishlashni boshlashga rozi, chunki u milliy terma jamoa bilan Yevro-2020ga yo‘llanma olishni maqsad qilgan, shuningdek Ukraina terma jamoasi bilan ishlashni davom ettirmoqchi.
Manbaga ko‘ra, "Milan" hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.













